Pansulaya Vitaliy Georgievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milkni individual shakllantiruvchisini dental implantatlarga darxol va kechiktirilgan yuklama bilan qo‘llashning klinik va funksional tamoyillari», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib777.
Ilmiy rahbar: Rizaeva Sevara Mirgulamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Nurieva Natal`ya Sergeevna tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Voyno-Yasiniskogo nomidagi Krasnoyarsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: stomatologiya amaliyotida dental implantatlarga darhol va kechiktirilgan yuklama berib individual milk shakllantiruvchisini qo‘llashni klinik-funksional tadqiq qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Milknmi individual shakllantirish bilan qilingan darxol implantatsiya, an’anaviy va individual kechikkan milkni shakllantirishga qaraganda implantat barqarorligi va osteointegratsiyasining yuqori kursatkichlarga erishilishi isbotlangan”
ilk marotaba  densitometriya yordamida uchinchi gurux bemorlarda, “milkni individual darhol shakllantirish” usuli qo‘llash sharti bilan,implantatsiyadan keyin suyakm to‘qimalarining ahamiyatsiz yo‘qolishi  isbotlangan;
solishtirma raqamli volyumometriyada olingan ma’lumotlarni qiyosiy tahlillar asosida zarur germetik tuzilmani yaratish, periimplantitning oldini olish va yuqori estetik samaraga erishish uchun milk shakllantiruvchisiga nisbatan milk qo‘ndog‘ining optimal o‘lchamlari  aniqlangan; 
periimplant zonaning yumshoq to‘qimalarini darhol va kechiktirilgan shakllantirishga ko‘rsatmalarni aniqlash uchun ob’ektiv vosita sifatida implantat osteointegratsiyasining prognoz beruvchi  ma’lumotlarga asosan konseptual modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Implant zona atrofida yumshoq to‘qimani individual shakllantirish usulini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
periimplant zonada yumshoq to‘qimalarning indvidual milk shakllantiruvchisi bilan tiklash ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Ortopedik tiklash uchun dental implantatlar atrofida yumshoq to‘qimalarni shakllantirish va tayyorlash” uslubiy tavsiyanoma tasdiklangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 8n-r/2-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yumshoq to‘qimalar regeneratsiyasini oshirish va implantat-milk chegarasida to‘siq funksiyasini saqlash, shu tariqa jarohat o‘rni bitishi muddatlarini 2 baravar qisqartirish imkonini bergan.
milkning shakllanishi jarayonida shakllantiruvchisi turlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan “Milkni darhol shakllantirish va estetik ahamiyatli zonada implantatlarga darhol yuklama berish” uslubiy tavsiyanoma tasdmiklangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi  8n-r/3-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma milkning shakllanishi jarayonida milk yumshoq to‘qimalarining tez bitishiga erishish va periimplantit yuzaga kelishi xavfini kamaytirish imkonini bergan.
individual kompozit milk shakllantiruvchisi mualliflik konstruksiyasi samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan metodikalar amaliy sog‘liqni saqlashga, shu jumladan Toshkent shahridagi "Crystal Dental light" stomatologiya klinikasi, Moskvadagi “Sinikon” va “Elit Dent” MChJ hamda Buxorodagi «Xirurg-orto-terapiya» stomatologiya klinikasi faoliyatiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 oktyabrdagi  08-09/15007-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etish natijalari implantatsiyadan keyin periimplant zonada yumshoq to‘qimalarning bitishi muddatlarini ikki baravar qisqartirish va periimplantit yuzaga kelishi xavfini kamaytirish imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish