Baxadirov Alisher Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Lizing muomalalari hisobi va auditini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt915.
Ilmiy rahbar: To‘raev Abdurahim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ziev Islom Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lizing korxonalarida lizing muomalalari hisobi va auditini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lizingga beruvchi korxonalarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan hisob siyosatiga 4891-“Lizing muomalalari bo‘yicha debitorlik qarz”, 2991-“Lizingga olingan tovarlar” va 4391-“Lizing muomalalari bo‘yicha berilgan avanslar” nomli sintetik schyotlarni kiritish orqali lizing muomalalarini hisobga olish taklif etilgan;
lizing korxonalarining hisob siyosatidagi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 010 - “Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum” va 020 – “Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi” satrlariga “Foizli daromadlar” va “Foizli xarajatlar” satrlar kiritish taklif etilgan;
lizingga oluvchi korxonalarda 0310-“Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotidagi lizing ob’ektlarini turlari bo‘yicha 0100-“Asosiy vositalar” sintetik schyoti tarkibidagi analitik schyotlarda aks ettirish taklif etilgan;
lizing korxonalari uchun moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha audit o‘tkazish muddati, tekshiruv xarajatlari va risklarni baholashning muhimlilik darajasi me’yorini aniqlash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lizing muomalalari hisobi va auditini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
lizing beruvchi korxonalarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan hisob siyosatiga 4891-«Lizing muomalalari bo‘yicha debitorlik qarz», 2991-«Lizingga olingan tovarlar» va 4391-«Lizing muomalalari bo‘yicha berilgan avanslar» nomli sintetik schyotlarni kiritish orqali lizing muomalalarini hisobga olish taklifi  «UzbekLeasing International A.O.» AJ  bosh direktorining 2021 yil 27 dekabrdagi 248-sonli buyrug‘iga asosan joriy etilgan. («UzbekLeasing International A.O.» AJning 2021 yil 30 dekabrdagi 2113-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi lizing beruvchi korxonalarda lizing asosida berilgan asosiy vositalar bo‘yicha lizing muomalalarini debitorlik qarzi moliyaviy hisobotlarda to‘liq va ishonchliligini oshirishga erishilgan;
lizing korxonalarining hisob siyosatidagi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 010 - “Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum” va 020 – “Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi” satrlariga “Foizli daromadlar” va “Foizli xarajatlar” satrlar kiritish taklifi «UzbekLeasing International A.O.» AJ bosh direktorining 2021 yil 28 dekabrdagi 251-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan («UzbekLeasing International A.O.» AJning 2021 yil 30 dekabrdagi 2113-son ma’lumotnomasi), Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi lizing korxonalarida lizing bo‘yicha foyda va zararlarni aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilishini ta’minlashga erishilgan;
lizingga oluvchi korxonalarda 0310-“Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotidagi lizing ob’ektlarini turlari bo‘yicha 0100-“Asosiy vositalar” sintetik schyoti tarkibidagi analitik schyotlarda aks ettirish taklifi «EUROASIA INSURANCE» AJ bosh direktorining 2022 yil 12 yanvardagi 37-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan («EUROASIA INSURANCE» AJning 2022 yil 17 yanvardagi 88/1-son ma’lumotnomasi), Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi lizingga oluvchi korxonalarda lizing ob’ektlarini ishchi schyotlar rejasidagi asosiy vositalarni turlari bo‘yicha hisobi va eskirishini ko‘rsatib berilishini ta’minlashga erishilgan;
lizing korxonalarida audit o‘tkazish muddati, tekshiruv xarajatlari va risklarni baholashda auditning muhimlilik darajasini aniqlash me’yori taklifi amaliyotda foydalanish uchun O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2022 yil 3 fevraldagi 4-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi lizing korxonalarida lizing korxonalarida audit o‘tkazish muddati, tekshiruv xarajatlarini kamayishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish