Azizova Farida Faxritdin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bemorlarda operatsiyadan keyingi qorin ichi bosimi oshishida markaziy va yurak ichi qon aylanishi buzilishining o‘ziga xos xususiyatlari» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib199.
Ilmiy rahbar: Sabirov Djurabay Marifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidullaeva Gulnoz Abdusattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Nazira O‘ktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: ekstrakardial jarrohlik aralashuvi bo‘lgan bemorlarda qorin bo‘shligi bosimining keskin oshishi ehtimoli va uning yurak-qon tomir tizimining kasalligi bor bemorlarga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorin bo‘shlig‘i gipertenziyasi bilan og‘rigan bemorlarda yurak ichidagi gemodinamika parametrlarini, yurakning diastolik va sistolik funksiyalarini, asosiy va periferik tomirlarda qon oqimining o‘ziga xos o‘zgarishlari aniqlangan;
QBG bilan og‘rigan bemorlarda ushbu xalokatli asoratning dastlabki bosqichlarida yurak o‘ng va chap kameralaridagi yanada aniq o‘zgarishlar mavjudligi aniqlangan va yurakning qayta qurilish (remodellashish) belgilari aniqlangan;
QBGga bog‘liq remodellashish va koronar qon aylanishi etishmovchiligi natijasida yurak kameralari miokardining kontraktilligi buzilish belgilari va o‘tkir miokard infarkti rivojlanishi bilan bir vaqtda yurak faoliyati mahsuldorligi parametrlarini kompleks baholash mezonlari aniqlangan; 
ilk bor yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatgichlarining normallashishi QIB parametrlarini o‘z vaqtida qo‘llanilgan jarrohlik va terapevtik davolash usullari sababli asil holatiga qaytishi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bemorlarda operatsiyadan keyingi  qorin ichi bosimi oshishida markaziy va yurak ichi qon aylanishi buzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
intrakardial gemodinamik buzilishlarni davolash va bashorat qilishni yaxshilash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qorin ichi bosimi darajasining o‘zgarishi bilan gemodinamik o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 mart 8n-d/118-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma QBG rivojlanishiga olib keladigan asosiy omillarni aniqlash va kasallikni erta aniqlash imkonini bergan.
Ekstrakardial jarrohlik aralashuvi bo‘lgan bemorlarda qorin bo‘shlig‘i bosimining keskin oshishi ehtimoli va uning yurak-qon tomir tizimida kasalligi bor bemorlarda ta’sirini baholash  bo‘yicha olingan natijalar Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand viloyat klinik kasalxonasi va Toshkent shahar 7-son klinik kasalxonasi klinik kasalxona amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 apreldagi 08-09191-son ma’lumotnoma). Olingan natijalar yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda nokardiologik jarrohlik o‘tkazgan holatlarda va qo‘shimcha QBG asorati rivojlangan komorbid statusida xayot uchun havfli asoratlarni rivojlanishining oldini olishga va o‘z vaqtida kardiologiya yo‘nalishiga oid qo‘shimcha davolash standartlarini qo‘llashga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish