Eraliev A’zam Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishning ma’muriy-huquqiy jihatlari», 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu233.
Ilmiy maslahatchi: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Dsc 32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Turg‘unov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xojiev Erkin Tuyg‘unovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishning ma’muriy-huquqiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari tashkiliy bo‘linmalari xodimlariga o‘z xizmat faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifa va funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, tashkiliy boshqarma (bo‘linma) yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarma, boshqarma, mustaqil bo‘lim va muassasalarda qonunchilik targ‘iboti uchun ushbu organlar boshliqlarining o‘rinbosarlaridan biri mas’ul hisoblanishini belgilash zarurligi asoslab berilgan;
hududiy ichki ishlar organlarining faoliyatini har uch yilda kamida bir marotaba inspektorlik tekshiruvidan o‘tkazish, inspektorlik tekshiruvidan so‘ng bir yil ichida ichki ishlar organlari faoliyatini nazorat tekshiruvidan o‘tkazish tartibini joriy etish zarurligi asoslab berilgan;
ichki ishlar vazirligi tizimida autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilash zarurligi asoslab berilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlarini, shuningdek, ularni faoliyati natijadorligiga qarab rag‘batlantirish tartibini belgilash zarurligi asoslab berilgan;
hududiy ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi 
va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatini baholash tartibini joriy etish zarurligi asoslab berilgan;
ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘yilgan talablarni qonunda aniq belgilash zarurligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
ichki ishlar organlari tashkiliy bo‘linmalari xodimlariga o‘z xizmat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifa va funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, tashkiliy boshqarma (bo‘linma) yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi, boshqarmasi, mustaqil bo‘lim va muassasalarida qonunchilik targ‘iboti uchun ushbu organlar boshliqlarining o‘rinbosarlaridan biri mas’ul hisoblanishini belgilash haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2018 yil 7 sentyabrdagi 244-son buyrug‘ining 4-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 22 sentyabrdagi 6/1413-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ichki ishlar organlari tashkiliy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
hududiy ichki ishlar organlarining faoliyatini har uch yilda kamida bir marotaba inspektorlik tekshiruvidan o‘tkazish, inspektorlik tekshiruvidan so‘ng bir yil ichida ichki ishlar organlari faoliyatini nazorat tekshiruvidan o‘tkazish tartibini joriy etishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida idoraviy nazoratni mustahkamlash hamda tekshiruvlarni o‘tkazish samaradorligini oshirish to‘g‘risida» 2018 yil 10 sentyabrdagi 248-son buyrug‘ining 2-bandini tayyorlashda e’tiborga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 22 sentyabrdagi 6/1413-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ichki ishlar organlarida idoraviy nazorat faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar vazirligi tizimida autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risidagi takliflar Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalarida ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2019 yil 19 avgustdagi 693-son qarorida o‘z ifodasini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 sentyabrdagi 12/20-14-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ichki ishlar organlarida boshqaruv tizimi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlarini, shuningdek, ularni faoliyati natijadorligiga qarab rag‘batlantirish tartibini belgilash haqidagi takliflar Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l-patrul` xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2018 yil 
26 dekabrdagi 1044-son hamda «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 6 iyuldagi 
514-son qarorlarida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 sentyabrdagi 12/20-14-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishga va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘yilgan talablarni qonunda aniq belgilash to‘g‘risidagi taklif «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 26-moddasi to‘qqizinchi qismiga O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 
23 maydagi O‘RQ–542-son Qonuni bilan tegishli o‘zgartirish kiritishda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2020 yil 13 oktyabrdagi 06/2-06/2645vx-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish orqali boshqaruv tizimi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish