Mirzaev Abdulxamit Marifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolalar va o‘smirlar sport maktablaridagi belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining tashkiliy pedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped553.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Bayazitov Kamil Faritovich, pedagogika fanlari doktori, (DSc)
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining psixologik-pedagogik xususiyatlari sportchini ruhiy, jismoniy, motivatsion jihatdan kompleks tayyorlashda tarixiylik, qadriyatlilik, sog‘lom tana-sog‘lom fikr tamoyillarini sport sohasidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga fiziologik rivojlanish me’yorlaridan kelib chiqqan holda integratsiyalashtirish asosida aniqlashtirilgan;
belbog‘li kurash mashg‘ulotlarida sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirishning sportchiga xos individual harakatlar tizimi va texnikasini rivojlantiruvchi moslashuvchan texnologiyalari sport va ma’naviy kamolot ta’siri, salomatlik va aqliy faoliyat bog‘liqligi kabi jismoniy tayyorgarlikni rag‘batlantiruvchi hamda sportchini g‘alabaga undovchi-raqobatlantiruvchi omillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
belbog‘li kurash musobaqalariga bolalarni saralashning kurashishga moyillik, mehnatsevarlik, qat’iyatlilik, jasorat kabi xususiy mezonlari sport texnikasini o‘rganish va o‘rgatish jarayonida ijodiy elementlar hamda sportchi va murabbiy o‘rtasida shartli tanlangan kodli buyruqlarga asoslangan tezkor kommunikativlik texnologiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining didaktik ta’minoti ushlab olish, raqibga ta’sirni amalga oshirish, hujum qilish, o‘zini himoya qilish va qarshi usulni amalga oshirish kabi adaptiv jismoniy mashqlar mazmuniga jismoniy rivojlanish me’yorlariga asoslangan majmuaviy-qoidali intellektual topshiriqlar, sportchilarni mavsumiy o‘zgarishlarga kompleks moslashtiruvchi mobil klub va turnirlar, umumxalq milliy bayramlarida erkin tanlov musobaqalari qoidalarini singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining psixologik-pedagogik xususiyatlari sportchini ruhiy, jismoniy, motivatsion jihatdan kompleks tayyorlashda tarixiylik, qadriyatlilik, sog‘lom tana-sog‘lom fikr tamoyillarini joriy etishga doir takliflar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim tizimi Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil
7 fevraldagi 01-02/2-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida o‘quvchi-sportchilar orasida o‘zaro hamkorlik, o‘zaro ta’sir va baholash muhiti omillarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
belbog‘li kurash mashg‘ulotlarida sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirishning sportchiga xos individual harakatlar tizimi va texnikasini rivojlantiruvchi moslashuvchan texnologiyalariga asoslangan fan dasturlari va malaka talablarini amaliy texnologik qoidalari “Umid nihollari» sport musobaqalari tarkibiga kiritilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 01-02/2-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, belbog‘li kurash sport turi musobaqalari mazmunan boyitilgan;
belbog‘li kurash musobaqalariga bolalarni saralashning kurashishga moyillik, mehnatsevarlik, qat’iyatlilik, jasorat kabi xususiy mezonlari sport texnikasini o‘rganish va o‘rgatish jarayonini tashkil etishga doir ilmiy-uslubiy, metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2018 yil 19 yanvardagi 01-07-08-209-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar-o‘smirlar sport maktabi murabbiylariga qo‘yilgan pedagogik talablarni tizimlashtirish, milliy an’analar va qadriyatlarni tiklash imkonini bergan;
belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining didaktik ta’minoti ushlab olish, raqibga ta’sirni amalga oshirish, hujum qilish, o‘zini himoya qilish va qarshi usulni amalga oshirish kabi adaptiv jismoniy mashqlarni takomillashtirishga doir g‘oyalaridan «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunning «O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari» deb nomlangan 20-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasining 2018 yil 9-apreldagi 0415-06-35-son ma’lumotnomasi). Natijada, belbog‘li kurash sport turining xorijiy mamlakatlar va respublikamizda obro‘-e’tiborini oshirish va mustahkamlashga xizmat qilgan.