Mardonqulov Jasur Amirddinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3136.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Ilxom Kudratovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ernazarova Gulnora Oblaqulovna, pedagogik fanlari doktori, dotsent; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kognitiv kompetensiyasini rivojlantirishning adaptiv darajada tizimli modellashtirilgan darajaga o‘tishini ta’minlash mexanizmlari turli axborot qurilmalari bilan ishlash, informatsion texnologiyalarni qo‘llay olish layoqatini tizimlashtirish, tanlashni ierarxik tuzilmalar orqali izlash  ko‘nikmalariga ustuvorlik berish, aniq va nostandart vaziyatlarda pedagogik faoliyatni vektorli tashkil eta olishi va o‘z-o‘zini kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasini kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari talabalarda loyihaviy, innovatsion, integratsion, baholash, korreksiya, portfolioni shakllantirishga asoslangan modulli texnologiya, kognitiv, shakllantiruvchi va ijodiy bosqichlarda samarali qo‘llashga imkon beruvchi o‘lchov keyslari, ishbop o‘yinlar, mahorat darslari, refleksiv kundalik kabi interfaol usullar bilan tadqiqotchilik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich dinamikligini taminlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining muammoga ijodiy echim topish, jamoada ishlash hamda analitik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari  mobillik, muloqatchanlik, axborot, o‘z-o‘zini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash traektoriyasiga adaptiv moslashtirish jarayonining pedagogik komponentlarini innovatsion faoliyatga  tayyorgarlik kabi mezonlari bilan uyg‘unligi aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak informatika o‘qituvchilari kognitiv kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishning ta’lim mazmuni klasterli yondashuv g‘oyasi, mantiqiy ma’noli model`, binar loyihalar, refleksiv xarakterdagi topshiriqlar raqamli texnologiyalarni kiritish asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kognitiv kompetensiyasini rivojlantirishning adaptiv darajada tizimli modellashtirilgan darajaga o‘tishini ta’minlash mexanizmlari turli axborot qurilmalari bilan ishlash, informatsion texnologiyalarni qo‘llay olish layoqatini tizimlashtirish, tahlil qilish, tanlashni ierarxik tuzilmalar orqali izlash  ko‘nikmalariga ustuvorlik berish, aniq va nostandart vaziyatlarda pedagogik faoliyatni vektorli tashkil eta olishi va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasiga oid takliflardan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish”  nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 dekabrdagi 02-07-3966/04-con ma’lumotnomaci) Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari talabalarda loyihaviy, innovatsion, integratsion, baholash, korreksiya, portfolioni shakllantirishga asoslangan modulli texnologiya, kognitiv, shakllantiruvchi va ijodiy bosqichlarda samarali qo‘llashga imkon beruvchi o‘lchov keyslari, ishbop o‘yinlar, mahorat darslari, refleksiv kundalik kabi interfaol usullar bilan tadqiqotchilik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich dinamikligini taminlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “5110700– Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Informatika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, №500-137). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining nazariy va amaliy tayyorgarlik mezonlari uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi metodik ta’minot bilan boyitilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining muammoga ijodiy echim topish, jamoada ishlash hamda analitik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari  mobillik, muloqatchanlik, axborot, o‘z-o‘zini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash traektoriyasiga adaptiv moslashtirish jarayonining pedagogik komponentlarini innovatsion faoliyatga  tayyorgarlik kabi mezonlari bilan uyg‘unligi ta’minlashga oid takliflardan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish”  nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 dekabrdagi 02-07-3966/04-con ma’lumotnomaci). Natijada, informatika faniga oid nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi oshgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilari kognitiv kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishning ta’lim mazmuni klasterli yondashuv g‘oyasi, mantiqiy ma’noli model`, binar loyihalar, refleksiv xarakterdagi topshiriqlar raqamli texnologiyalar orqali ishlash algoritmini kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish”  nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 dekabrdagi 02-07-3966/04-con ma’lumotnomaci). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish