Madaminov In’omjon Ozodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investision va innovatsion faollikni ta’minlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1306. 
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotda innovatsion-investision faollikni oshirishga qaratilgan moliyaviy mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarda investision faollikni amalga oshirishda korxonalarning innovatsiyaga yo‘naltirilgan xarajatlarini bir qismini davlat byudjetidan qoplash orqali davlat investision faolligini oshirish taklif etilgan;
hududlarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarini kengaytirilgan hududlarida transport va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirishda hududlarda investisiya loyihalarini tanlov asosida joylashtirish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining investision faolligini oshirishda xorijiy investorlarning innovatsion loyihadagi ulushi 50 foizdan oshganda xorijiy kreditlar bo‘yicha  davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyoti taklif etilgan; 
hududlarda investisiyalarni amalga oshiruvchilarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida investisiya xarajatlarini foyda solig‘i bazasidan chiqarish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalar investision va innovatsion faolligini ta’minlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
korxonalarda investision faollikni amalga oshirishda korxonalarning innovatsiyaga yo‘naltirilgan xarajatlarini bir qismini davlat byudjetidan qoplash orqali davlat investision faolligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 avgustdagi PQ-4810-son “Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 06/04-01-32/795-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyati shahar va tumanlari bo‘yicha sanoat ishlab chiqarish, yangi investisiya loyihalarini samarali joylashtirish bo‘yicha Xorazm viloyatini 2020-2022 yillarda investisiya loyihalarini davlat tomonidan moliyalashtirishning “Manzilli ro‘yxati”ni ishlab chiqish imkoniyatini bergan;
hududlarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarini kengaytirilgan hududlarida transport va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirishda hududlarda investisiya loyihalarini tanlov asosida joylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 avgustdagi PQ-4810-son  “Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 06/04-01-32/795-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, Xorazm viloyati 2 ta shahar va 9 ta tumanida investision loyihalarni potensial imkoniyati bo‘yicha tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hamda xorijiy mablag‘lar hisobiga sanoat korxonalari barpo qilish rejalashtirilgan. Bu o‘z o‘rnida hudud iqtisodiyotidagi muammolarni bartaraf etilishiga olib kelish barobarida Xorazm viloyati shahar va tumanlari investision faolligini kelajakda 3,6 foizga o‘sishiga, hudud bandlik darajasining qariyib 14 foizga oshishiga hamda hudud korxonalari tomonidan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilishini qariyib 18 foizga oshishini ta’minlagan;
aksiyadorlik jamiyatlarining investision faolligini oshirishda xorijiy investorlarning innovatsion loyihadagi ulushi 50 foizdan oshganda xorijiy kreditlar bo‘yicha  davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyoti taklifi “Xorazmdon mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investisiya loyihalarini baholash amaliyotida qo‘llanilgan (“Xorazmdon mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 21 apreldagi 155-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatida innovatsiyalarning samaradorligini real holatini baholash va ishlab chiqarish sarflarini kamaytirish yo‘llarini belgilash bo‘yicha muhim strategik qarorlar ishlab chiqish imkonini bergan;
hududlarda investisiyalarni amalga oshiruvchilarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, investisiya xarajatlarini foyda solig‘i bazasidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririda (308-modda) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 6  apreldagi 06/04-01-32/795-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yilda soliq to‘lovchilar ixtiyorida 214 mlrd.so‘m qoldirilishiga erishilgan va ularning iqtisodiy faolligini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish