Tursunova Madina Ulugbekovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro huquqiy standartlar negizida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.10 - Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Yu115.
Ilmiy rahbar: Xamedov Isa Axlimanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01. 
Rasmiy opponentlar: Eshmatova Feruza Farxadovna, yuridik fanlar doktori; Ismailov Baxadir Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Tulyaganov Abdumannop Abdujabbarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro huquqiy standartlar negizida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
“ta’lim kampusi” ta’rifi ta’lim jarayonining hududiy yaxlitlik, o‘quv, ilmiy, innovatsion-texnologik, ijtimoiy va infratuzilmaviyligi bilan bir qatorda ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti sifatida qonunchilikda aniqlashtirilishi zarurligi asoslab berilgan;
xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish taomili Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi va bunday hujjatni tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanishini qonunchilikka kiritilishi zarurligi asoslab berilgan;
ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish amaliyotida mavjud bo‘lgan ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish,  ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va undan kelgusida jarayonning shaffofligi, ochiqliligini ta’minlashda samarali foydalanish zaruratini qonunchilikda belgilab qo‘yish asoslantirilgan;
milliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy davlatlarning tegishli ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorligini amalga oshirish vositalari ro‘yxatini takomillashtirish va ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish vositalari bilan aniqlashtirilgan holda milliy qonunchilikni takomillashtirish zarurati asoslab berilgan; 
ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning xalqaro-huquqiy va milliy-huquqiy asoslarini mustahkamlovchi va ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining xalqaro hamkorlikka oid vakolatlarini belgilovchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarning xorijda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki yakka tartibda ta’lim olish huquqlarining xalqaro-huquqiy va milliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro huquqiy standartlar negizida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
“ta’lim kampusi” tushunchasining aniqlashtirilgan ta’rifi va uni huquqiy asos nuqtai nazaridan milliy qonunchilik bazasiga kiritish bo‘yicha takliflardan “Ta’lim to‘g‘risida” 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-son Qonunning 3-moddasi 10-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2021 yil 4 avgustdagi 04/5-883-son ma’lumotnomasi). Bu ta’lim sohasida atamani to‘g‘ri tushunish va qo‘llash, “ta’lim kampusi” tushunchasini aniqlashtirish va ta’lim qonunchiligida to‘g‘ri foydalanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qilgan;
xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish taomili va tartibini aniqlashtirishga oid milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflardan “Ta’lim to‘g‘risida” 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-son Qonunning 60-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2021 yil 4 avgustdagi 04/5-883-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olishning huquqiy tartibini takomillashtirish, aniqlashtirishga ko‘maklashadi, bu boradagi ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish, yaxshilash, maqbullashtirish, tartibga solishga xizmat qilgan;
ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yishning milliy-huquqiy asoslarini belgilovchi qonunchilikni takomillashtirish va undan kelgusida yanada samarali foydalanish bo‘yicha takliflardan “Ta’lim to‘g‘risida” 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-son Qonunning  61-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2021 yil 4 avgustdagi 04/5-883-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning hayotga tatbiq etilishi ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish amaliyotini soddalashtirish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy davlatlarning tegishli ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorligini amalga oshirish vositalari ro‘yxatini aniqlashtirish va konkretlashtirishga doir milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflardan “Ta’lim to‘g‘risida” 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-son Qonunning 67-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2021 yil 4 avgustdagi 04/5-883-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi O‘zbekiston ta’lim muassasalarining xorijiy davlatlarning tegishli ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorligini amalga oshirishning barcha taklif etilayotgan vositalaridan foydalanishga, ularni hayotga joriy etish amaliyotini soddalashtirish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning xalqaro-huquqiy va milliy-huquqiy asoslarini mustahkamlovchi va ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining xalqaro hamkorlikka oid vakolatlarini belgilovchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarning xorijda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki yakka tartibda ta’lim olish huquqlarining xalqaro-huquqiy va milliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan  “Ta’lim to‘g‘risida” 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-son Qonunning 68-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2021 yil 4 avgustdagi 04/5-883-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi xalqaro-huquqiy hamkorligini takomillashtirish va ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini samarali amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish