Sayt test rejimida ishlamoqda

Xoliddinov Ilxombek Xosiljonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Past kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi nosimmetrik holatlarda elektr energiya sifatini ta’minlash usullarini ishlab chiqish», 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T92.

Ilmiy rahbar: Allaev Qaxramon Raximovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.

Rasmiy opponentlar: Bobojonov Maqsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sokolov Valeriy Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: past kuchlanishli elektr tarmoqlarida o‘rnatilgan nosimmetrik holatlarda elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash usullari va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

past kuchlanishli elektr tarmoqlarida bo‘ylama va ko‘ndalang nosimmetriyada qo‘shimcha yo‘qotishlarni baholash usuli ishlab chiqilgan;

uch fazali nosimmetrik tokni kuchlanishga elektr magnitli o‘zgartirgichning sxematik konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

uch fazali nosimmetrik tokni kuchlanishga elektr magnitli o‘zgartirgichidan foydalanib, elektr energiya sifatini ta’minlash usuli   ishlab chiqilgan;

past kuchlanishli elektr tarmoqlarida elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan «Malika-01» qurilmasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Past kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi nosimmetrik holatlarda elektr energiya sifatini ta’minlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

uch fazali nosimmetrik tokni kuchlanishga elektr magnitli o‘zgartirgich sxemasiga O‘zbekiston Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Uch fazali tok nosimmetriyaligini kuchlanishga elektr magnitli o‘zgartirgich»; IAP 05383-son, 2017 y.). Natijada ma’lumotlarni o‘zgartirish aniqligini ikki marta oshirish imkonini bergan;

past kuchlanishli elektr tarmoqlarida nosimmetrik holatlarda qo‘shimcha yo‘qotishlarni hisoblash usuli hamda «Malika-01» o‘lchash vositasi «O‘zbekenergo» AJ tizimiga kiruvchi korxonalarga, jumladan Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga joriy qilingan («O‘zbekenergo» AJning 2016 yil 6 noyabrdagi DI-01-21/4103-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi nosimmetrik holatlarda 1,45% qo‘shimcha yo‘qotishlarni aniqlash hamda ushbu yo‘qotishlarni 1,21 % ga kamaytirish imkonini bergan;

o‘rnatilgan nosimmetrik holatlarda simmetrik tashkil etuvchilar usulidan foydalanib, nosimmetriya darajasini hisoblash imkonini beruvchi algoritm asosida ishlovchi «Malika-01» o‘lchash vositasi Davlat reestriga 05.13919-2016-son bilan ro‘yxatga olingan («O‘zstandart» agentligining 2016 yil 26 oktyabrdagi 1608-son ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish