Primova Nigora Ikrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy byudjetlarda moliyaviy strategiyani rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1446.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadriddin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Umidjon Uralovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mahalliy byudjetlarning moliyaviy strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy byudjetlar moliyaviy strategiyasini shakllantirishda hudud bo‘yicha “mahalliy byudjet xarajatlari” va “konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari”ni tizimlashtirish, xarajatlar yo‘nalishlari maqsadliligini belgilash va takrorlanuvchanligi oldini olish taklif etilgan;
daromadlar rejasini orttirib bajargan mahalliy byudjetlarga uzoq muddatli xarajatlarni moliyalashtirishlari uchun mablag‘larni mustaqil tasarruf etish uchun alohida zaxira jamg‘armasini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mahalliy byudjetlarning moliyaviy strategiyasini tartibga solishda tashabbuskorlik byudjetini shakllantirish taklif etilgan.
davlat qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan mahalliy byudjet xarajatlarini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy byudjetlar moliyaviy strategiyasini shakllantirishda hudud bo‘yicha “mahalliy byudjet xarajatlari” va “konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari”ni tizimlashtirish, xarajatlar yo‘nalishlari maqsadliligini belgilash va takrorlanuvchanligi oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-son “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 06/06-04-01-32/1633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida, mahalliy byudjetlar va kamida respublika byudjetidan moliyalashtirilayotgan xarajatlarning matrisasini tuzishga xizmat qilgan;
daromadlar rejasini orttirib bajargan mahalliy byudjetlarga uzoq muddatli xarajatlarni moliyalashtirishlari uchun mablag‘larni mustaqil tasarruf etish uchun alohida zaxira jamg‘armasini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-son “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 06/06-04-01-32/1633-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asnosida, hisobot yilida orttirib bajarilgan daromadlar hajmi kelgusi yilga o‘tkazishga imkonini bergan;
mahalliy byudjetlarning moliyaviy strategiyasini tartibga solishda tashabbuskorlik byudjetini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-son “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 06/06-04-01-32/1633-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashabbusli byudjet amaliyotini kengaytirish orqali mahalliy byudjetlarni shakllantirishda fukarolar ishtirokning oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish imkonini yaratgan;
davlat qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan mahalliy byudjet xarajatlarini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-son “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 06/06-04-01-32/1633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida, davlat qarzi hisobidan moliyalashtirilayotgan dasturlarni bir tasnifda tizimlashtirishga imkon bergan.