Imodinov Xamidillo Soyibjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik sub’ektlarida risk menejmenti tizimini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt804.
Ilmiy rahbar: Nosirov Ilxomjon Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldashev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik sub’ektlarida risk menejmentini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kreditorlik riskini boshqarishda tadbirkorlik sub’ektlarining bankdan olingan kreditlari bo‘yicha ta’minotida sug‘urta polislari jami ta’minotning 30 foizdan oshirmaslikning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuzaga keladigan moliyaviy risklarni boshqarishda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan «Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi»ni tashkil etish taklif etilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining xalqaro shartnomalari doirasida yuzaga keladigan risklarni oldini olishda Savdo-sanoat palatasi tarkibida «Xalqaro risklarni baholash va boshqarish» bo‘limini tashkil etish taklif etilgan;
risklarni boshqarish tizimida integratsiyalashtirish va avtomatlashtirish jarayonlarining qarzdorlik va yo‘qotishlarga ta’sirining 2026 yilga bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik sub’ektlarida risk menejmentini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kreditorlik riskini boshqarishda tadbirkorlik sub’ektlarining bankdan olingan kreditlari bo‘yicha ta’minotida sug‘urta polislari jami ta’minotning 30 foizdan oshirmaslik taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 5 fevraldagi 4/325-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 16 noyabrdagi 11/05-15-1440-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlarning 67,1 mlrd so‘mlik kreditlarining 18,1 mlrd. so‘mlik kreditlari sug‘urta polislari bilan ta’minlangan;
tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuzaga keladigan moliyaviy risklarni boshqarishda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan «Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi»ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5088-son “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 16 noyabrdagi 11/05-15-1440-son ma’lumotnomasi). Natijada jamg‘arma tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining 86,4 mln. dollarlik mahsulotlari eksport qilingan;
tadbirkorlik sub’ektlarining xalqaro shartnomalari doirasida yuzaga keladigan risklarni oldini olishda Savdo-sanoat palatasi tarkibida «Xalqaro risklarni baholash va boshqarish» bo‘limini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 sentyabrdagi PF-6314-son «Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 16 noyabrdagi 11/05-15-1440-son ma’lumotnomasi). Natijada 27 ta tadbirkorlik sub’ektining xalqaro shartnomalar doirasida 12,7 mlrd. so‘mlik mablag‘larini yo‘qotishlari oldi olingan;
risklarni boshqarish tizimida integratsiyalashtirish va avtomatlashtirish jarayonlarining qarzdorlik va yo‘qotishlarga ta’sirining 2026 yilga bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 5 fevraldagi 4/325-son qarori bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 16 noyabrdagi 11/05-15-1440-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2026 yilgacha 634,2 mlrd. so‘mlik mahsulotlari bo‘yicha yuzaga keladigan risklardan qarzdorlik hosil bo‘lmaslik prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish