Umirov Nurillo Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Glisirrizin kislotasi va uni tuzlarining al`bendazol bilan suvda eruvchan supramolekulyar komplekslari va ularning biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K383.
Ilmiy rahbar: Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon, kimyo fanlari doktori, professor; Jalolov Iqboljon Jamolovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: glisirrizin kislotasi va uning tuzlari bilan benzimidazol qatoriga mansub al`bendazolning suvda eruvchan supramolekulyar komplekslarini olish, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari va spesifik biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor shirinmiya (Glycyrrhiza glabra) o‘simligi ildizidan ajratib olingan glisirrizin kislotasi va uni tuzlari bilan al`bendazolning bir necha xil molyar nisbatlardagi suvda eruvchan supramolekulyar komplekslari olingan;
glisirrizin kislotasi va uning tuzlari bilan benzimidazol qatoriga mansub bo‘lgan al`bendazolning supramolekulyar komplekslari hosil bo‘lishida asosan molekulalararo vodorod bog‘lar hisobiga muvofiqlashganligi spektral va viskozimetrik usullar asosida aniqlangan;
olingan kompleks birikmalarni veterinariya sohasida antigel`mint vosita sifatida ishlatiladigan al`bendazol preparatining suvda eruvchan shaklga o‘tkazish uchun supramolekulyar kompleks tarkibiga kiritish usuli ishlab chiqilgan; 
supramolekulyar komplekslar tarkibidan al`bendazolni sifat va miqdoriy tahlili uchun YuSSX usuli ishlab chiqilgan; 
olingan supramolekulyar komplekslarning spesifik biologik faolliklarini aniqlash orqali optimal tarkibli birikma aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Glisirrizin kislotasi va uning tuzlarining al`bendazol bilan suvda eruvchan supramolekulyar komplekslari, ularning biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shirinmiya (Glycyrrhiza glabra) o‘simligi ildizidan ajratib olingan glisirrizin kislotasi va uning tuzlari asosida olingan suvda eruvchan supramolekulyar komplekslari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Fayzli Barakali” MChJ chorva fermer xo‘jaligida gel`mintlar bilan zararlangan chorva mollariga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 02/23-2263-son ma’lumotnomasi). Natijada, antigel`mint preparat va supramolekulyar komplekslar berilganidan 3-4 kundan keyin supramolekulyar komplekslar berilgan chorva mollarini to‘liq sog‘ayish imkonini bergan; 
albendazolning suvda eruvchan supramolekulyar komplekslari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Axror Nuriddinov” va “Ergash Abdurasulov” chorva fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 02/23-2263-son ma’lumotnomasi). Natijada, al`bendazolning suvda eruvchan supramolekulyar komplekslarini chorva hayvonlariga keng miqyosida qo‘llanilganda iqtisodiy samara berish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish