Tilyakov Xasan Azizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chanoq va son suyaklari qo‘shma jarohat olgan bemorlarga yordam berishning jarrohlik jihatlarini takomillashtirish.», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1264.
Ilmiy rahbar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbyot fanlari doktori; Musaev Toxir Sidikovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chanoq va son suyaklari qo‘shma shikastlanishi bilan bo‘lgan bemorlarda jaroxat va bemorning umumiy holatining og‘irlik darajasini xisobga olgan xolda xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chanoq va son suyaklari qo‘shma jarohatlari, hamda ularning alohida sinishlarining tuzilishi va chastotasini baxolash orqali amalga oshiriladigan asosiy taktik va texnik jihatlari aniqlangan;
an’anaviy klinik va diagnostika standartlari asosida, chanoq va son suyaklarining qo‘shma jarohatlarini davolashdagi qoniqarsiz natijalarning rivojlanish belgilari aniqlangan, shunga binoan segmentar jarohatlarning turi va xarakterini hisobga olgan holda jabrlanganlarning dinamikadagi axvoli va kutiladigan natijalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
chanoq va son suyaklarining qo‘shma jarohatlarini erta davrida barqaror funksional miniinvaziv osteosintezi uchun tashqi fiksatsiya qurilmasi takomillashtirilgan, shuningdek jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatmalarni kengaytirish imkoniyatlari isbotlangan;
takomillashtirilgan tashqi fiksatsiyalovchi sterjenli qurilma komplektatsiyasi texnik jixatdan afzalliklari isbotlangan, uning chanoq va son suyaklari jarohatlarida alohida qo‘llaniladigan variantlari yordamida shokka qarshi shoshilinch muolajalarning samarali stabilizatsiyasi va suyak bo‘laklarini yakuniy repozisiya qilish imkoniyatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chanoq va son suyaklarining qo‘shma shikastlanishlarida bemorlarga yordam ko‘rsatishning jarrohlik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
chanoq va son suyaklarining qo‘shma shikastlanishlarida davolash uchun ishlab chiqilgan «Chanoq va son suyaklarining qo‘shma shikastlanishlarda davolashda qo‘llaniladigan qurilma»ga Rossiya Federatsiyasining Intellektual mulk agentligi patenti olingan (patent IAP 2749897 18.06.2020). Olingan natijalar bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini takomillashtirish, kasalxonaga yotqizish muddatini va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrini qisqartirish, bemorlarni minimal iqtisodiy xarajatlar bilan davolash imkoniyatini ta’minlash imkonini bergan;
chanoq va son suyaklarining qo‘shma shikastlanishlarini diagnostikasi va davolash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Chanoq suyagi va son suyagining qo‘shma jarohatlari bilan jabrlanganlarni davolash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 31 avgustidagi 8n-z/288-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar chanoq suyagi va son suyaklari jarohati bilan og‘rigan bemorlarni diagnostikasi va reabilitatsiyasi sifatini yaxshilash imkonini bergan;
chanoq va son suyaklarining qo‘shma shikastlanishlarini diagnostikasi va davolash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Chanoq va son suyagining qo‘shma jarohatlari bilan jabrlanganlarga ahvolining og‘irligini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 avgustidagi 8n-z/288-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar jarohatning og‘irligi va bemorning, ahvolining og‘irligiga qarab chanoq va son suyaklari jarohatlarini davolashda taktik va texnik jihatlarni yaxshilash imkonini berdi.
Chanoq va son suyaklarining qo‘shma shikastlanishlarini diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiallari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 08-09/18979-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar chanoq va son suyalarining qo‘shma shikastlanishlarini tashxislash va davolashning zamonaviy samarador usullarini takomillashtirishga xamda uzoq muddatli funksional natijalarning  66,1% dan 92,6% gacha yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish