Xabilov Davron Nig‘mon ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonlarining ortopedik tish protezlarini ishlab chikish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2512.
Ilmiy rahbar: Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Zamuraeva Alma Uaxitovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Amonulloev Rustam Azimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milan universiteti (Italiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 kasalligini o‘tkazgan, yuz-jag‘ soxasi asoratlari bo‘lgan bemorlarga ortopedik stomatologik davolash chora-tadbirlarini, jumladan kombinirlangan tish protezlarini samarali qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori jag‘ suyaklari orttirilgan nuqsonlari mavjud bemorlarda suyak to‘qimasida rezorbsiya protsessi natijasida distrofik o‘zgarishlarga olib kelishi va  o‘n to‘rt kundan so‘ng retikulofibroz suyak xosil bo‘lishi sababli doimiy protezni qo‘llash mumkunligi aniqlangan;
yuqori jag‘ suyaklari orttirilgan nuqsonlari atrofidagi yumshoq to‘qimaning yallig‘lanishi mavjud bemorlarda qon tomirlari to‘nus ko‘rsatkichlari ijobiy tamonga o‘zgarishi sababli qo‘llanilingan muolajaning samaradorligi tasdiqlangan.
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda yuqori jag‘ning rezeksiyasi operatsiyasidan keyin mavjud nuqsonni polivinilsiloksan va akril materiallaridan iborat kombinatsiyalangan protez bilan tiklangach bemorning protez fiksatsiyasi, chaynov samaradorligi, yuz estetikasi va talaffuzi yaxshilanishi aniqlangan;
yuqori jag‘ suyaklari orttirilgan nuqsonlari chegarasidagi suyakning zichligi darajasiga ko‘ra xamma bemorlarda g‘ovaksimonligi sababli protezlashni xirurgik muolajadan so‘ng ikki - uch kun ichida obturatorlardan foydalanish mumkinligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonlarining davolash samaradorligini oshirish va ortopedik tish protezini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar:
Yuqori jag‘ orttirilgan nuqsonlari bor bemorlardan olingan so‘rovnoma taxlilidan olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan “Ortopedik stomatologik davolanishdan oldin va keyin Covid-19 bilan kasal bo‘lib o‘tgan va shuni asoratida osteomielit va yuqori jag‘ rezeksiyasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifatidagi o‘zgarishlarni baholash” mavzusidagi uslubiy tavsiyasiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 martdagi 8n-r/218-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma yuqori jag‘da orttirilgan nuqsonlari bor bemorlarni stomatologik xolatining xosliklarini aniqlash imkonini bergan;
Yuqori jag‘ orttirilgan nuqsonlari bor bemorlarda ortopedik davolash samaradorligini oshirish maqsadida olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan “Protezlashdan oldin va keyin COVID-19 bilan kasal bo‘lib o‘tgan bemorlarning mikrobiologik ko‘rsatkichlari” mavzusi bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 martdagi 8n-r/219-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma orttirilgan nuqsonlari bor bemorlarni kompleks davolashni samaradorligini oshirish imkonini bergan.
Bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonlarining davolash samaradorligini oshirish va ortopedik tish protezini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent shahar 2-sonli bolalar stomatologiya poliklinikasi, ORTHO CURE, ALPHA-MED xususiy klinikalarida va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 martdagi 8n-z/136-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotda qo‘llanilishi yuqori jag‘ ortirilgan nuqsonlari bor bemorlar reabilitatsiya bosqichlarini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish