Abduqodirov Eldor Isroilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parkinson kasalligini erta tashxislash prediktorlari va prognoz qilish tamoyillari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib912.
Ilmiy rahbar: Matmurodov Rustambek Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Antanas Vaytkus, tibbiyot fanlari doktori, professor (Litva); Kilichev Ibodulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Parkinson kasalligining erta tashxislash prediktorlarini ishlab chiqish va bashoratlash tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Parkinson kasalligida bemorlardagi hid bilish va uyqu buzilishlari, qabziyat, shuningdek, bemorlarning o‘ziga xos bo‘lgan «mijg‘ovlik» ko‘rinishidagi xarakter o‘zgarishlari kasallikning prediktori sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
ilk bor bemorlar qon zardobi tarkibidagi glial neyrotrofik faktor miqdorining kamayishi Parkinson kasalligining klinik shakllari, bosqichlari va davomiyligi asoslangan;
kasallikning akinetik-rigid shakliga nisbatan titroq va aralash shakllarida, ilk bosqichlariga nisbatan kechki bosqichlarida, shuningdek, kasallik uzoqroq davom etayotganda bemorlar qon zardobida glial neyrotrofik faktor miqdorining kamayishi yuqori ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor Parkinson kasalligining turli klinik shakllari, bosqichlari va davomiyligiga bog‘liq holda hid bilishning buzilishi, uyqu buzilishlari, qabziyat, «mijg‘ovlik» ko‘rinishidagi bemorlarning xarakter o‘zgarishlari bilan bemorlar qon zardobi tarkibidagi glial neyrotrofik faktor miqdorining o‘zgarishi teskari proporsional bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parkinson kasalligini erta tashxislash prediktorlari va prognoz qilish tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida amaliyotga tadbiq qilish materiallari ishlab chiqilgan:
Parkinson kasalligini erta aniqlash uchun harakatga bog‘liq bo‘lmagan nomotor buzilishlari bo‘ychicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Parkinson kasalligini erta aniqlash prediktorlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 dekbrdagi 8n-r/1231-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Parkinson kasallini erta aniqlash va tashxislashni takomillashtirish imkonini bergan;
Parkinson kasalligi rivojlanishida klinik va laborator tekshirishlar bo‘ychicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Parkinson kasalligi rivojlanishida neyrotrofik omillarning o‘rni va ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 dekabrdagi 8n-r/1233-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Parkinson kasalligi rivojlanishida neyrotrofik omillarning o‘rni va ahamiyatini erta aniqlash imkonini bergan.
Parkinson kasalligini erta aniqlash va prognoz qilish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Toshkent shahar 7-shahar klinik shifoxonasiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-d/31-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning joriy qilinishi Parkinson kasalligini erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish, aholining turli qatlamlari orasida Parkinson kasalligidagi harakatga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan buzilishlarni korreksiya qilish moddiy xarajatlar miqdorini 38,7 % kamayishiga olib kelgan.