To‘xtasinova Dildoraxon Raxmonberdievnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarda xodimlarni boshqarishda innovatsion usullardan foydalanishni takomillashtirish», 08.00.13-Menejment va 08.00.10-Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti, (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt1262.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Sotvoldiev Abdulaziz Mo‘minovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanova Zulfiya Raxmatullaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda xodimlarni boshqarishda innovatsion usullardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalari raxbar xodimlar faoliyati samaradorligini baholash chegaralari Key Performance Indicator (KPI) baholash tizimi natijasiga nisbatan “mutlaqo xavfsiz” (100 dan yuqori), “me’yordagi xavfsiz” (81-99), “barqaror” (52-80), “o‘rtacha xavfli” (23-51) va “xavfi yuqori” (0-22) chegaralari doirasida baholash asoslangan;
korxona boshqaruv xodimlari raqobatbardoshligini reyting baholash metodikasi inson kapitalini rivojlantirish va innovatsiyalarni moliyalashtirish darajalari, xodimlarni innovatsion salohiyati va innovatsiyalardan olingan natijadorlik kabi ko‘rsatkichlarga ustuvorlik bergan holda boshqaruv samaradorligini “yuqori” (4,0-5,0), “o‘rta” (2,9-3,9), “past” (1,9-2,8) va “juda past” (0-1,8) darajalarda baholash asosida takomillashtirilgan;
korxonalarda xodimlarni boshqarish samaradorligini aniqlash usuli personal boshqaruvi bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi va xodimlar xizmatini baholashning sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tizimi asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarda kapital qo‘yilmalar va boshqaruv faoliyati ko‘rsatkichlari mutanosibligi negizida «Konteks Tashkent» MChJ bo‘yicha boshqaruv xodimlari soni, boshqaruv xarajatlari, kapital qo‘yilmalar va sof foyda hajmining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarda xodimlarni boshqarishda innovatsion usullardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalari raxbar xodimlar faoliyati samaradorligini baholash chegaralari KPI baholash tizimi natijasiga nisbatan “mutlaqo xavfsiz”, “me’yordagi xavfsiz”, “barqaror”, “o‘rtacha xavfli” va “xavfi yuqori” chegaralari doirasida baholash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish metodologiyasidan optimal foydalanishni (U(αi )=∑〖Pij∙uij 〗) ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalarida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 21 fevraldagi 02/04-2820-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi to‘qimachilik korxonalarida xodimlarni boshqarishda samaradorlikni ortishda qo‘shimcha imkoniyatlardan maqsadli foydalanishga xizmat qilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari boshqaruv xodimlari faoliyati raqobatbardoshligi “juda past” (0-1,8), “past” (1,9-2,8), “o‘rta” (2,9-3,9) hamda “yuqori” (4,0-5,0) chegara mezonlarini kiritish orqali asoslangan ilmiy yangilik “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 21 fevraldagi 02/04-2820-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi xodimlar boshqaruvi samaradorligini ortishiga ta’sir etuvchi omillarning muhimlilik darajasini optimal aniqlash negizida chora-tadbirlarni maqsadli tashkil etishda qo‘shimcha imkoniyatlardan unumli foydalanish imkoni yaratilgan;
korxonalarda xodimlarni boshqarish samaradorligini aniqlash usuli personal boshqaruvi bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi va xodimlar xizmatini baholashning sifat ko‘rsatkichlarininazorat qilish tizimi asosida takomillashtirilgan ilmiy yangilik “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalarida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 21 fevraldagi 02/04-2820-son ma’lumotnomasi). Ushbu boshqaruv faoliyati samaradorligini aniqlash usulini qo‘llash natijasida «Konteks Tashkent» MChJda xodimlar mehnat unumdorligini 2,6 foizga oshirish imkonini bergan;
to‘qimachilik korxonalarda kapital qo‘yilmalar va boshqaruv faoliyati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish, boshqaruv jarayoniga tatbiq qilingan innovatsiyalar soni va kapital qo‘yilmalar hajmini muqobillashtirish asosida ishlab chiqarishning 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan ilmiy yangilik «Konteks Tashkent» MChJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 21 fevraldagi 02/04-2820-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Konteks Tashkent» MChJ to‘qimachilik korxonasida xodimlarni boshqarishning innovatsion usullari orqali boshqarish mexanizmi samaradorligini oshirishga erishilgan.