Kasimov Baxtiyorjon Murat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Batan tishlarining ishchi sirtlariga mikrosharchalarni yo‘naltirish (drob) oqimli ishlov berish orqali STB rusumli to‘quv dastgohining ish qobiliyatini oshirish usulini ishlab chiqish” 05.02.03- “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1960
Ilmiy rahbar: Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon Mashinasozlik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatov Alisher Zununovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: STB dastgohidagi batan mexanizmining ishchi sirtlariga mikrosharchalarni yo‘naltirib ishlov berish orqali uning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murakkab profilga ega bo‘lgan batan tishlarining ichki kontakt sirtlarini mustaxkamligini oshirishda mikrosharchalarni oqimli ishlov berish usuli qo‘llanilgan hamda tishlarni mikrosharcha (drob) oqimi bilan mustaxkamlash mumkinligi asoslangan;
mikrosharchaning diametriga, uning tezligiga va ishlov berilayotgan materialning oquvchanligiga qarab, mikrosharchalar orqali mustahkamlangan chuqurlikni matematik modeli olingan, mikrosharcha oqimi bilan ishlov berilgandagi izning d diametri va ε nisbiy deformatsiyalanishi tezlikni tiklanish koeffisientiga bog‘lanishi topilgan;
qattiq sferik zarracha ta’sirida ishlov berilayotgan materialning tarkibiy qismlari va fizik-mexanikaviy xususiyatlarini hisobga olgan to‘liq energiya balansining sxemasi ishlab chiqilgan hamda analitik tenglamalar bo‘yicha aniqlash asoslangan;
batan tishlarining eyilish sabablari atom-kuchi mikroskopiyasi yordamida batan tishlarida chuqurlik 1,04 mkm kengligi 5 mkm bo‘lgan toliqish yoriqlari mavjudligi hamda batan tishlarining mustaxkamlangan sirtlarining tavsiflari Rmin=1,25 mkm Rmax=3,85 mkm ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Batan mexanizmining tishlariga mikrosharcha oqimi bilan ishlov berish usulini ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan ilmiy va amaliy natijalariga asosida:
mikrosharchalar oqimi bilan ishlov berib usulida mustahkamlangan batan tishlari «ASHURBEK TEXTIL» MCHJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekengilsanoat uyushmasining 2021-yil 20 oktabrdagi №03/03-2962 sonli ma’lumotnomasi). Natijasida 1,25...1,5 marta batan tishlarining chidamliligi va eksplutatsion ishonchliligi oshishiga erishilgan.