Ahmadov Xamidulla Ne’matullaevichning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi himoyalovchi materiallardan foydalanib, maxsus poyabzalni ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1185
Ilmiy rahbar: Maksudova Umida Mirzaraximovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar:
Xudoyberdieva Dilfuza Bahromovna, texnika fanlari doktori, professor; Abulniyozov Qurban Ismailovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: himoyaviy maxsus poyabzalni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish hamda uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
azot saqlovchi getrotsiklik reagentlar asosida bakteriya va zamburug‘larga qarshi xossalarga ega bo‘lgan astarlik charm olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
xelat xolatdagi mikroelementlar orqali ishlov berilgan astarbob charmlarning antimikrob faolligi «agar»ga diffuziyalanish usuli yordamida ilmiy asoslangan;
bakteriya va zamburug‘larga qarshi xususiyatlarga ega astarlik charmlarni antimikrob faolligini aniqlashning ilmiy asoslangan sinov usullari yaratilgan;
tajribaviy tadqiqotlar asosida himoyalovchi materiallardan foydalanib, maxsus poyabzalning termoelastoplast (TEP) va poliuretan (PU) taglikdan iborat elimli biriktirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi himoyalovchi materiallardan maxsus poyabzalni ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
antibakterial astarli charm  olish texnologiyasi «Angren charm invest» MChJda korxonasida joriy etilgan  («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2021 yil 15 dekabrdagi FN-9/3257 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, astarli charmlarning havo o‘tkazuvchanligini 10% ga, antibakterial faollik ko‘rsatkichlarini 17% gacha yahshilashga erishilgan, mahalliy korxonalarda ichki va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.
himoyalovchi materiallardan foydalanib, maxsus poyabzalni ishlab chiqish texnologiyasi «Anka» MChJ qo‘shma korxonasiga joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2021 yil 15 dekabrdagi FN-9/3257 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlardan foydalanish hisobiga harbiylar oyoq panjasida teri kasalliklari xavfi kamaydi, gigienik xususiyatlari 13% gacha yahshilangan, profilaktik xususiyatga ega bo‘lgan maxsus poyabzalllar assortimenti kengaygan;
ishlab chiqilgan himoyaviy maxsus poyabzal Mudofaa Vazirligi Moddiy texnik ta’minot bosh boshqarmasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasida sinovdan o‘tkazilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2021 yil   15 dekabrdagi FN-9/3257 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy xizmatchilar oyoq panjasining teri kasalliklariga uchrashining oldi olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish