Raximov Bektosh Elmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turkiston general-gubernatorligida Kaspiyorti viloyatining tutgan o‘rni», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar.423.
Ilmiy rahbar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Xoliqova Rahbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston general-gubernatorligida Kaspiyorti viloyatining tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kaspiyorti viloyatining Orenburg, Kavkaz, alohida ma’muriy birlik va Turkiston kabi siyosiy-ma’muriy boshqaruvi bosqichlari aniqlanib, viloyatda “harbiy-xalq boshqaruvi” tartiblari, viloyat imperiya markaziy idoralarining maxsus geostrategik nazoratda bo‘lganligi ochib berilgan;
Turkistonga kapitalistik munosabatlar kirib kelishi oqibatida Kaspiyorti viloyatida yangi iqtisodiy infratuzilma tarmoqlari – temir yo‘llar, pochta (Ashxaboddan Eron chegarasidagi Gaudan orqali Mashhadgacha; Ko‘ktepadan Germab-Tejen-Seraxsgacha), telegraf, ayniqsa Krasnovodsk, Petrovsk, Astraxan` portlari, Amudaryo va Orol flotiliyalarning yo‘lga qo‘yilishi imperiya iqtisodiy salohiyatini yanada boyishiga xizmat qilganligi dalillangan;
viloyat qishloq xo‘jaligidagi transformatsion jarayonlar - Murg‘ob, Keshi tajriba plantatsiyalari, paxta yangi navlari («Misr», «Sea Island», «Upland»), chorvachilikdagi (aymoq, qorako‘l va Merino zotli qo‘ylar, Angor zotli echkilar) o‘zgarishlar, yangi texnika vositalarining qo‘llanilishi (“Djin” mashinalari, pompa motorlari) Kaspiyorti viloyatida er egaligi munosabatlaridagi o‘zgarishlar natijasi ekanligi asoslangan;
Kaspiyorti viloyatiga xorij fuqarolarning (fors, arman, yahudiy, nemis, pol`yak, ingliz, fransuz) kirib kelish omillari ( iqtisodiy, diniy, sayohat, ilmiy) aniqlanib, ularning fuqarolik maqomi (pasport, viza tizimi, vaqtinchalik ruxsatnomalar), xorij fuqarolarining (Gergard va Gey, aka-uka Kraftlar, aka-uka Knoplar, Lui Zal`ma, aka-uka Shlossberglar) Umumturkiston doirasidagi faoliyatlari hamda viloyatning Turkiston general-gubernatorligiga janubi-g‘arbdan kirib keluvchilar uchun nazorat darvoza “saralash-nazorat” punkti vazifasini bajarganligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston general-gubernatorligida Kaspiyorti viloyatining tutgan o‘rnini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Kaspiyorti viloyati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yangi iqtisodiy infratuzilmalarning shakllanishi va transformatsiya jarayonlari haqidagi ilmiy yangiliklardan «Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi»ning KP 344/325 raqamli «prikaz po Turkestanskomu krayu ot 11.12.1916 g.», KP 888/203raqamli «Blanki svidetel`stv na perevozku po jeleznim dorogam Turkestanskogo voennogo okruga», KP 327 raqamli «Jurnal zasedaniya. Pri upravlenii sredne-aziatskoy jeleznoy dorogi. № 1.1917 g» muzey ashyolariga ilmiy tasnif yozishda hamda muzey-qo‘riqxonasining foto hujjatlar fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 11 apreldagi 01-12-10-1713-son ma’lumotnomasi). Natijada fond hujjatlari Turkistonga temir yo‘llar kirib kelishining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq jarayonlar haqidagi yangi ilmiy faktlar bilan to‘ldirilgan;
Turkiston general-gubernatorligiga xorij fuqarolari (fors, arman, yahudiy, nemis, pol`yak, ingliz, fransuz) kirib kelishida Kaspiyorti viloyatining janubi-g‘arbdan kirib keluvchilar uchun nazorat darvoza “saralash-nazorat” punkti vazifasini bajarganligi to‘g‘risida ma’lumotlardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 3 dekabrdagi 02-40-1226-son ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitishga, teletomoshabinlarda Turkiston general-gubernatorligi Kaspiyorti viloyatida fuqorolik maqomi maqomi (pasport, viza tizimi, vaqtinchalik ruxsatnomalar)ning yoritilish jarayonlari haqida tasavvurga ega bo‘lishga xizmat qilgan;
viloyat qishloq xo‘jaligidagi transformatsion jarayonlar - Murg‘ob, Keshi tajriba plantatsiyalari, paxta yangi navlari («Misr», «Sea Island», «Upland»), chorvachilikdagi (aymoq, qorako‘l va Merino zotli qo‘ylar, Angor zotli echkilar) o‘zgarishlar, yangi texnika vositalarining qo‘llanilishida (“Djin” mashinalari, pompa motorlari) takomillashuvi, Kaspiyorti viloyatining Turkiston general-gubernatorligi viloyatlari (Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Ettisuv) haqidagi ilmiy yangiliklaridan Avstriya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining ilmiy tadqiqot faoliyatida foydalanilgan (Avstriya Fanlar Akademiyasining 2021 yil 27-yanvardagi UID-ATU-37116303-son ma’lumotnomasi). Bu esa zamonaviy xorijiy tadqiqotchilarning Turkiston qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya tizimi haqidagi tasavvurlarining kengayishiga xizmat qilgan;
Kaspiyorti viloyatining siyosiy-ma’muriy boshqaruvi bosqichlari (Orenburg, Kavkaz, alohida ma’muriy birlik va Turkiston) aniqlanib, viloyatda “harbiy-xalq boshqaruvi” tartiblari, viloyat imperiya markaziy idoralarining maxsus geostrategik nazoratda bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan SamDU nashriyotida chop etilgan «O‘zbek davlatchiligi tarixi» nomli o‘quv qo‘llanmasining «Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlaka boshqaruv tizimining qaror topishi» nomli bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2022 yil  14 fevraldagi 10-587-son ma’lumotnomasi). Natijalar Turkiston general-gubernatorligi Kaspiyorti viloyatining alohida siyosiy maqomga ega bo‘lish omillarini ochib berishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish