Axmedova Sarvinoz Azatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini sport kouchingi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1739.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini sport kouchingi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlarini koordinatsiyalash imkoniyatlari elektron ta’lim resurslari kontentini boyitishga mo‘ljallangan “kouch”, “kouching”, “sport kouchingi” kategoriyalarining semantik mohiyatini ochib berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunining metakognitiv, motivatsion bosqichlari sport kouchingiga oid texnologik jarayonlarning didaktik algoritmini belgilashga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini sport kouchingi asosida pedagogik faoliyatga yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan funksional-tarkibli model` kasbiy professiogramma vositasida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini sport kouchi faoliyatini tashkil qilishga o‘rgatuvchi didaktik mashg‘ulotlar, mentorlik konsiliumlari sport kouchingi negizidagi rivojlantiruvchi, sog‘lomlashtiruvchi strategiyalar orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini sport kouchingi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash resurslari tadbig‘ini integrativ yondashuv asosida tashkil etish xususiyatlariga oid tavsiya va takliflar IZ 20170929458- raqamli «Yuqori sport natijalariga erishishda psixologik va ijtimoiy psixologik ta’minot mexanizmlari» mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihaning bajarilishida va ilmiy natijalarida o‘z aksini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 89-03-3721-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarining “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarini kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoniyatlarini oshirishga erishilgan, sport kouchingi sohasiga oid bilimlari rivojlantirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni sport kouchingi asosida  kasbiy faoliyatga yo‘naltirishga mo‘ljallangan kovergent va divergent mazmunli topshiriqlarni qo‘llash yuzasidan ishlab chiqilgan didaktik tavsiyalardan A1-XT-0-92997- raqamli «Yoshlarni  umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar  o‘yg‘unligi asosida  ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning  muammolari» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 89-03-3721-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini sport kouchingi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan.
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini sport kouchingi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan model` komponentlarini takomillashtirishga oid takliflardan FZ-2016-0910202206 – “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil talabalarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida bajarilgan monografiyani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 89-03-3721-son ma’lumotnomasi). Natijada “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Jismoniy madaniyatda sport kouchingi” tanlov fani  mazmunini boyitishga xizmat qilgan.
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini sport kouchi sifatidagi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan IZ 20170929458- raqamli «Yuqori sport natijalariga erishishda psixologik va ijtimoiy psixologik ta’minot mexanizmlari» mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihaning amaliy natijalarini bajarilishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 89-03-3721-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi bakalavrlari uchun sport kouchingi negizidagi rivojlantiruvchi, sog‘lomlashtiruvchi strategiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish va shu asosda jismoniy tarbiyani o‘qitish metodikasi ta’lim sifatini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish