Tulaganov Shuxrat Furkatjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport takomillashuv bosqichida malakali gandbolchilarning o‘yin ampluasini inobatga olgan holda majmuaviy tayyorlash tizimi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2034.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Usmanxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand-Finlandiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali gandbolchilarning o‘yin amplualarini hisobga olgan holda tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport takomillashuv bosqichidagi malakali gandbolchilarning o‘yin ampluasini inobatga olgan holda vaqtincha son jihatdan ustunlikka ega bo‘lishi hamda hujum hududlaridan birida qulay vaziyat yaratish uchun taktik kombinatsiyalarni va fazalarini uzluksizligini ta’minlash hisobiga musobaqalarda taktik tayyorgarlik imkoniyatlari kengaytirilgan;
darvozabon o‘yin ampluasidagi malakali gandbolchilarni darvozaga to‘p otayotgan o‘yinchiga nisbatan darvozani qo‘riqlashda murakkab usullarni bajarish uchun to‘pning yo‘nalishi va nishonga olish burchagini kamaytirishga qaratilgan siltanish bilan sakrash (bir vaqtning o‘zida gorizontal va vertikal) hisobiga darvozani himoyalash imkoniyati takomillashtirilgan;
malakali gandbolchilarning musobaqa faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirish uchun bir vaqtning o‘zida reaksiya bildirish va fazoda yo‘nalish olishga qaratilgan tor tayanch ustida bajariladigan mashqlarni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga muvozanat saqlash hamda dinamik ritm qobiliyatlari takomillashtirilgan;
malakali gandbolchilarning o‘yin ampluasini hisobga olgan holda burchak o‘yinchisining musobaqa faoliyatidagi darhol reaksiyaga kirishishni talab qiladigan tanani barqarorlashtirish uchun kuch sifatlari, maydonda to‘g‘ri yo‘nalishni egallash uchun qisqa muddatli tezlanishlar, tez tiklanish uchun chidamlilik bloklari kiritish hisobiga texnik-taktik ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sportda takomillashuv bosqichida malakali gandbolchilarning o‘yin amplualarini hisobga olgan holda tayyorlash xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida:
malakali gandbolchilarni o‘yin amplualarini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarligini takomilashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tajriba dasturi gandbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 18 martdagi 06-13/282-son ma’lumotnomasi). Natijada gandbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Eronda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarda 2-o‘rinni egallagan;
ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti gandbol bo‘yicha terma jamoasining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 18 martdagi 06-13/282-son ma’lumotnomasi). Natijada universitet gandbolchilarining umumiy jismoniy tayyorgarligi yaxshilangan:umumiy chidamliligi – 7,11%ga, portlovchi kuchi – 6,74%ga, koordinatsion qobiliyatlari – 8,2% ga oshgan;
gandbolchilarning zahira imkoniyatlarini baholashni ishlab chiqilgan tizimi Engil atletika va sport o‘yinlariga ixtisoslashtirilgan Toshkent shahar 1-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 18 martdagi 06-13/282-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning maxsus harakat sifatlari yaxshilangan: darvozaga to‘pni uloqtirish miqdori – 14.3% ga, qarshi xujumni tashkil qilish va amalga oshirish – 20,6% ga ortgan, to‘pni yo‘qotishlar miqdori esa – 22,4% ga kamaygan;
gandbolchilarning o‘yin amplualarini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tajriba dasturi «Gandbol nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i asosidagi 274/271-raqamli guvohnomasi). Natijada “Gandbol nazariyasi va uslubiyati” ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning kasbiy kompetentligi va texnik-taktik qobiliyatlari darajasi o‘yin ampluasining barcha turlari bo‘yicha o‘rtacha 18%ga oshgan.