Abdukarimov Bekzod Abobakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Botiq havo quvur absorberli quyosh havo isitgich kollektorlarida issiqlik va massa almashinuv jarayonlari”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD /T603.
Ilmiy rahbar: Abbasov Yorqin Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Payzullaxanov Muxammade-Sultanxan Saydivalixanovich, texnika fanlari doktori; Raximov Ergashali Yuldashevich, texnika fanlari bo‘yicha PhD.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: botiq havo quvur absorberli quyosh havo isitgich kollektorini ishlab chiqish va uning issiqlik-texnikaviy hamda gidravlik qarshilik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
botiq havo quvur absorberli quyosh havo isitgich kollektorining havo quvurlarida issiqlik va havo tezligi tarqalishi, gidravlik qarshilik koeffisientini havo quvurining botiqlik balanadligiga bog‘liq holda, Reynolds soni (Re) 2750-4190 qiymatlari oralig‘ida maqbul ishlash rejimini aniqlab beruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
isitgich quvurining havo oqimiga uyurma harakat beruvchi geometrik parametrlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni samaradorlikka ta’sirini aniqlash imkonini beruvchi hisobiy ifoda taklif etilgan va mazkur kollektorning quvurlarida botiqlik diametri va balandligi orasidagi maqbul nisbat 0,67 ekanligi aniqlangan;
botiq havo quvur absorberli quyosh havo isitgichining turbulent oqim sharoitida issiqlik berish koeffisientini hisobga olgan holda gidravlik qarshilik koeffisientini 0,45 dan 0,25 gacha kamaytirish imkonini beruvchi empirik tenglamalar olingan;
issiqlik almashinuv jarayonlarini jadallashtirish asosida issiqlik berish koeffisientini oshirish imkonini beruvchi botiq havo quvur absorberli quyosh havo isitigich qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi.
Botiq havo quvur absorberli quyosh havo isitgich kollektorlarini ishlab chiqish va ularning asosiy issiqlik-texnikaviy parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Quyosh havo isitgich kollektori» (FAP 01829) ishlab chiqildi va Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida qurilgan namunaviy turar-joy binolarining issiqlik ta’minoti tizimlariga joriy etildi (Farg‘ona viloyati Qurilish bosh boshqarmasi dalolatnomasi). Natijada, tizimda foydalanilayotgan tabiiy gaz sarfini 12% gacha tejash imkonini bergan;
4 m2 ishchi yuzaga ega bo‘lgan, foydali ish koeffisienti 60-68% ni tashkil qiluvchi, botiq havo quvur absorberli quyosh havo isitgich kollektori “Farg‘ona neft maxsulotlari” MChJ korxonasining xomashyolar saqlash binosini yil davomida issiqlik ta’minoti ehtiyojlarini qoplash uchun ishlab chiqilgan va joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 9-dekabrdagi 02-08/7179-sonli ma’lumotnomasi, startap loyihasi bajarilgan). Natijada, ana’naviy hamda noana’naviy issiqlik ta’minoti tizimlari birgalikda foydalanish orqali uglevodorod yoqilg‘i sarfini 17% gacha kamaytirish imkonini bergan.