Turekeeva Al`fiya Jienbekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i): “Malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped928.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ne’matov Shuhrat Ergashovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muxabbat Tuxtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirishning tashkiliy-pedagogik jihatlari kreativlik, refleksivlik, akmeologik sifatlarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan modulli ta’limning tayanch nuqtasi hisoblangan evrologik faoliyatning metodik kompetensiya bilan internal tarzda barqaror qayta aloqaga kirishuvini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishning individual ta’lim traektoriyasini belgilash, malaka oshirishning variativ shakllarini amalga oshirish, andragogik va vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashga doir ustuvor yo‘nalishlari shaxsiy hayotiy tajribaga asoslangan vitagen ta’lim talablarini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishning benchmarkingga asoslangan modeli “hayot davomida ta’lim olish” paradigmasi va o‘qituvchilarning davriy kasbiy rivojlanishidan doimiy uzluksiz ta’limga o‘tish jarayonlari bilan intensiv qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
xalq ta’limi xodimlarining shaxsiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirishning tashkiliy-funksional, didaktik mexanizmlari kreativ muhitning yaxlitlik, integrallik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qisqa muddatli kurslar va davriy seminarlarning tadqiqiy-pedagogik (teacher research) darajasining differensiyaviy adaptivligini oshirib borish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirishning tashkiliy-pedagogik jihatlarini kreativlik, refleksivlik, akmeologik sifatlarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan modulli ta’limning tayanch nuqtasi hisoblangan evrologik faoliyatning metodik kompetensiya bilan internal tarzda barqaror qayta aloqaga kirishuvini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir takliflardan “Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari mazmuni, sifati va tinglovchilarning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 02-02/3-1042-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida malaka oshirish jarayonlari mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishning individual ta’lim traektoriyasini belgilash, malaka oshirishning variativ shakllarini amalga oshirish, andragogik va vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashga doir ustuvor yo‘nalishlarini shaxsiy hayotiy tajribaga asoslangan vitagen ta’lim talablarini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tayanch o‘quv yurtlarini belgilash” bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 02-02/3-1042-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish tizimini kooperativlik asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishning benchmarkingga asoslangan modelini “hayot davomida ta’lim olish” paradigmasi va o‘qituvchilarning davriy kasbiy rivojlanishidan doimiy uzluksiz ta’limga o‘tish jarayonlari bilan intensiv qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Salistirmali pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrig‘i, 500-151 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning jahonda o‘qituvchilar tayyorlash va malakasini oshirishga doir ilg‘or xorijiy tajribalarini samarali o‘zlashtirishiga xizmat qilgan;
xalq ta’limi xodimlarining shaxsiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirishning tashkiliy-funksional, didaktik mexanizmlarini kreativ muhitning yaxlitlik, integrallik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qisqa muddatli kurslar va davriy seminarlarning tadqiqiy-pedagogik darajasining differensiyaviy adaptivligini oshirib borish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I1-XT-0-11142 raqamli “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion-qadriyatli yo‘nalishlarini joriy etish” (2015-2016 yy) innovatsion loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4507-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimining andragogik ta’lim talablariga muvofiq keluvchi innovatsion mexanizmini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish