Azizov Nurmuxammad Nematillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Omon Muxtor romanlari poetikasi: realizm va fantastika uyg‘unligi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1494.      
Ilmiy rahbar: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Qobilova Zeboxon Bakirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Hamraeva Muhayyo Ahmadovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Omon Muxtorning romanlari badiiy strukturasida realistik va fantastik unsurlarning o‘zaro uyg‘unlashuv mexanizmlari, qahramon ruhiyatini, syujetni izchil harakatlantirish, badiiy makon va zamonni tasvirlashdagi badiiy-estetik funksiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fantastik zamon va makon tasviri ijtimoiy-siyosiy davr ruhiga xos xususiyatlarni to‘laqonli his qilish, mukammal ko‘rinishini tasavvur etishga qaratilgani, ularning o‘zaro aloqadorlik kasb etishi isbotlangan;
Omon Muxtor ijodiy tafakkuri voqelikning plastik obrazini yaratishga emas, inson ruhiyatida qoldirgan izlarini ifodalashga qaratilgani asoslangan;
fantastik unsurlarning qahramon botiniy olami, ma’naviy-ruhiy qiyofasini yoritishda asosiy badiiy vosita sifatida qo‘llanilgani, asar badiiy strukturasidagi belgilovchi o‘rni, syujetni harakatga keltirishda bajargan estetik hamda poetik vazifasi aniqlangan;
realizm va fantastikaning qorishiq holda tasvirlanishi, avvalo, milliy fol`klor ta’siri, shuningdek, badiiy adabiyot va  dunyo adabiyotiga xos tasvir prinsipi asosida paydo bo‘lgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Omon Muxtor romanlarida realizm va fantastika uyg‘unligi masalasini tadqiq etish, ilmiy va amaliy natijalarni belgilash asosida:
real xronotop, fantastik zamon va makon tasviri, ularning o‘zaro aloqadorlik kasb etishiga oid xulosalardan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 oktyabrdagi 1701/261-son ma’lumotnomasi). Natijada fol`klor motivlari bilan bog‘liq ma’lumotlar mazmunan boyitilgan, xalq og‘zaki ijodining bugungi adabiy jarayonga ta’siri masalasini aniqlashda manba bo‘lib xizmat qilgan;
Omon Muxtor romanlarida voqelikning plastik obrazini yaratish, inson ruhiyatida qoldirgan izlarini ifodalash, badiiy psixologizm muammosiga oid nazariy va amaliy taklif, tavsiyalardan Karabuk universiteti Adabiyot fakul`teti Turk tili va adabiyoti bo‘limida (Turkiya Respublikasi) bajarilgan TED734 Türkistan Milli Uyanış Edebiyatı, TED323 Özbek Edebiyatı, TED226 Çağdaş Türk  Dünyası Edebiyatı II, TED305 Çağdaş Türk Lehçeleri I, TED306 Çağdaş Türk Lehçeleri II darslarida foydalanilgan (Karabuk universitetining 2021 yil 28 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada darslar ilmiy-nazariy dalillar bilan boyitilib, badiiy adabiyotning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-estetik ahamiyati batafsil yoritilishiga asos bo‘lgan;
fantastik unsurlarning qahramon botiniy olami, ma’naviy-ruhiy qiyofasini yoritishda asosiy badiiy vosita sifatida qo‘llanilgani, asar badiiy strukturasidagi belgilovchi o‘rni, syujetni harakatga keltirishda bajargan universal poetik vazifasiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali “Umr daftari”, “Ziyo darg‘alari” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (“Mahalla” teleradiokanalining 2022 yil 7 yanvardagi 01-02-04-11-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ma’rifiy jihatdan salohiyati ortishiga, badiiy adabiyotning tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga erishilgan; 
adib ijodida realizm va fantastikaning qorishiq holda tasvirlanishi milliy fol`klor ta’siri, badiiy adabiyot va  dunyo adabiyotiga xos tasvir prinsipi asosida paydo bo‘lgani haqidagi tahlillardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Onajonim she’riyat” ijodiy to‘garagi faoliyatida, adabiy kechalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 01-03/1058-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yosh ijodkorlarning Omon Muxtor asarlarini teranroq anglashlariga, tasavvurlarini kengaytirishga ko‘maklashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish