Qambaralieva Marg‘uba Ibroximjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nitrilgidrataza produsentlari bo‘lgan Rhodococcus avlodiga mansub bakteriyalar skriningi va tavsifi», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/V388.
Ilmiy rahbar: Maxsumxanov Axmadjan A’zamxanovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Shakirov Zair Saatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Iskandar Taxirovich biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nitrilgidrataza produsenti bo‘lgan Rhodococcus avlodiga mansub bakteriyalarni ajratib olish, faolligi bo‘yicha skrining qilish hamda akrilamid ishlab chiqarishda ulardan foydalanish imkoniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda nitrilgidrataza produsenti bo‘lgan mahalliy Rhodococcus ruber - 8/4/1 shtammi ajratib olingan; 
Rhodococcus ruber-8/4/1 shtammining yuqori faol nitrilgidrataza fermenti (430 bir./mg) biosintezi uchun optimal ozuqa muhiti tarkibi va o‘stirish sharoitlari tanlangan;
mahalliy Rhodococcus ruber-8/4/1 shtammining nitrilgidrataza fermenti kofaktor sifatida kobalt ionlariga muhtojligi ya’ni temir ionlariga nisbatan ferment faolligi 8-9 marta yuqori bo‘lishi aniqlangan; 
Rhodococcus ruber-8/4/1 shtammining hujayralari bilan NAKni akrilamidga biokonversiyasining sharoitlari (15%dan yuqori bo‘lgan AA suvli eritmasini sintez qilish uchun harorat 20oS, rN 7.5, hujayra quruq biomassasi miqdori 9 mg/ml) optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Faol nitrilgidrataza produsenti bo‘lgan mahalliy Rhodococcus ruber-8/4/1 shtammini ajratib olish va tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
nitrilgidrataza faolligi yuqori bo‘lgan Rhodococcus ruber-8/4/1 mahalliy shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 05723, 2018 y.). Natijada, faol nitrilgidrataza fermentini hosil qiluvchi shtamm akril kislotasi nitrilini akrilamidga biokonversiya qilish imkonini bergan;
akril kislotasi nitrilini akrilamidga biokonversiya qiluvchi mahalliy Rhodococcus ruber-8/4/1 shtammining fermentativ faol biomassasi asosidagi “RODOAMID” biokatalizatori “Navoiyazot” AJning Markaziy laboratoriyasida bioakrilamidning suvli eritmalari olishda qullanilgan (O’zkimyosanoat” AJning 2021 yil 15 iyuldagi 23-3-2625-son ma’lumotnomasi). Natijada, bioakrilamidning 13,7-18,7%-li suvli eritmasi 100% konversiya darajasi bilan sintez qilingan va olingan bioakrilamid namunasini radikal polimerlab 14-18% biogel sintez qilish hamda AA ishlab chiqarishda kimyoviy usulni iqtisodiy samarador ekologik toza biokatalitik usulga almashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish