Eshpulatova Zaynab Baratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda daromadlar hisobini takomillashtirish”, 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1603.
Ilmiy rahbar: Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ostonokulov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda daromadlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzoq muddatli shartnomalarda daromadlarni amaldagi taxminiy ma’lumotnomalar asosida emas, bevosita bajarilgan ishlar (natijalar) darajasi hamda amalga oshirilgan xarajatlar (sarflangan resurslar) hissasi asosida aniqlash taklif etilgan;
korxonalar hisob siyosatiga 3310 – «shartnomaviy aktivlar», 9020 – «xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha tovarlarni sotishdan tushum» hamda 8000 – «boshqa umumlashgan daromadlar» ishchi schetlarini kiritish hamda ularning buxgalteriya yozuvlari taklif etilgan;
korxonalarning «foyda va zararlar hamda boshqa umumlashgan daromadlar» to‘g‘risidagi hisobotiga odatdagi faoliyati bilan bog‘liq daromadlar uchun 010-080-satrlar, odatdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlari uchun 091-096-satrlar, boshqa umumlashgan daromadlar bo‘yicha 181-188-satrlarni kiritish taklif etilgan;
moliyaviy axborotlarning ishonchliligi va taqqoslanuvchanligi ta’minlashda korxonalar daromadlarini «shartnomalar – bajarilishlarga oid majburiyatlar – operatsiya narxini aniqlash – operatsiya narxini bajarilishlarga oid majburiyatlarga taqsimlash – tushumni tan olish» yaxlit zanjiri bo‘yicha hisobga olishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarda daromadlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzoq muddatli shartnomalarda daromadlarni amaldagi taxminiy ma’lumotnomalar asosida emas, bevosita bajarilgan ishlar (natijalar) darajasi hamda amalga oshirilgan xarajatlar (sarflangan resurslar) hissasi asosida aniqlash bo‘yicha takliflari Turkiyadagi «Murel Yatirim Inshaat A.Shning Murel doimiy muassasasi», «Oq oltin don mahsulotlari» AJ hamda «Samarkand-Parranda» AJ QKlarning hisob siyosatiga joriy qilingan («Murel Yatirim Inshaat A.SHning Murel» doimiy muassasasi 2021 yil 25 sentyabrdagi 36-son, «Oq oltin don mahsulotlari» AJning 2021 yil 21 oktyabrdagi 45-son hamda «Samarkand-Parranda» AJ QKning 2021 yil 21 maydagi 17-son ma’lumotnomalari). Natijada, korxonalarda tushumlarni bajarilgan ishlarga mutonosib ravishda tan olish imkoniyatini bergan;
korxonalar hisob siyosatiga 3310 «Shartnomaviy aktivlar» 9000 «Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha tushumlar» hamda 8000 «Boshqa umumlashgan daromadlar» ishchi schetlarini kiritish hamda ularning buxgalteriya yozuvlari bo‘yicha takliflari «Samarkand-Parranda» AJ QK hamda «Oq oltin don mahsulotlari» AJlari hisob siyosatiga joriy qilingan («Samarkand-Parranda» AJning 2021 yil 21 maydagi 17-son hamda “Oq oltin don mahsulotlari» AJning 2021 yil 21 oktyabrdagi 45-son ma’lumotnomasi). Natijada foyda va zararlar hamda boshqa umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobotning axborot ta’minotining to‘laligini ta’minlash va sifatini oshirishga xizmat qilgan;
korxonalarning «Foyda va zararlar hamda boshqa umumlashgan daromadlar» to‘g‘risidagi hisobitiga odatdagi faoliyati bilan bog‘liq daromadlar uchun 010-080-satrlar, odatdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlari uchun 091-096-satrlar, boshqa umumlashgan daromadlar bo‘yicha 181-188-satrlarni kiritish orqali foydalanuvchilar ehtiyojiga uyg‘un bo‘lgan daromadlar tarkibi shakllantirish bo‘yicha takliflari «Samarkand-Parranda» AJ QK hamda «Oq oltin don mahsulaotlari» AJlari hisob siyosatiga joriy qilingan («Samarkand-Parranda» AJ QKning 2021 yil 21 maydagi 17-son hamda «Oq oltin don mahsulotlari» AJlari 2021 yil 21 oktyabrdagi 45-son ma’lumotnomalari). Natijada daromadlar tasnifini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda axborot foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlariga mos bo‘lgan axborotlarni shakllantirish imkonini bergan;
korxonalar daromadlarini «shartnomalar - bajarilishlarga oid majburiyatlar - operatsiya narxini aniqlash - operatsiya narxini bajarilish-larga oid majburiyatlarga taqsimlash - tushumni tan olish» yaxlit zanjirli tizimi asosida hisobga olishning uslubiy jihatlari takomillashtirish bo‘yicha takliflari «Samarkand-Parranda» AJ QK hamda «Oq oltin don mahsulotlari» AJ hisob siyosatiga joriy qilingan («Samarkand-Parranda» AJ QKning 2021 yil 21 maydagi 17-son hamda «Oq oltin don mahsulotlari» AJning 2021 yil 21 oktyabrdagi 45-son ma’lumotnomalari). Natijada korxonalarda tushumlarni 15-son MHXS «Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha tushumlar» standartiga muvofiq tan olish, baholash va hisoblarda aks ettirishga xizmat qilgan.