Sariev Qahromon Ramatullaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Sanoat korxonalari faoliyatini iqtisodiy-statistik tahlili (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida), 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2020.3.PhD/Iqt1422.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/30.01.2021.I.16.03. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xotamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda sanoat korxonalari iqtisodiy rivojlanishini statistik usullarda tahlil qilish, samaradorligini oshirish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
sanoat korxonalarida yangi innovatsion loyihalarning kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini bank kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarning 50 foizgacha bo‘lgan qismini tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, kompensatsiya qilingan foizlar bo‘yicha chiziqli dasturlash modeli ishlab chiqilgan;
«sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish to‘g‘risida» 1-sanoat (ishlab chiqarish) hisobot shaklining «iste’mol mollarini ishlab chiqarish» 2-bobiga «taqqoslama narxlarda iste’mol mollari» satrini, «tayyor mahsulotni yuklab jo‘natish va qoldig‘i» 3-bobiga «eksportga yuklab jo‘natilgan tayyor mahsulotlar qoldig‘i»ni xorijiy valyutalarda ustunini, «Iqtisodiy ko‘rsatkichlar» 4-bobiga «ulgurji, chakana, qiyosiy narxlarda yuklab jo‘natilgan mahsulotlar (QQS va aksizsiz)» satrini kiritish taklif etilgan;
hududiy sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyati, to‘qimachilik, kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika sanoatlarining yalpi hududiy mahsulotdagi hajmini normal taqsimot va optimal qiymatlari kabi omillarning aniqlik darajasining 2024 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
«Qoraqalpoq don mahsulotlari» AJning iqtisodiy samaradorligini energiya tejaydigan, chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalar asosida ustuvor darajada ta’minlash asoslanib, regression tahlilni bosqichma-bosqich amalga oshirishning yuqori adekvatlikka ega bo‘lgan ko‘p omilli ekonometrik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududiy sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini zamonaviy statistik uslublaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalarida yangi innovatsion loyihalarning kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini bank kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarning 50 foizgacha bo‘lgan qismini tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087-son “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 02/1106-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasida undan ortiq innovatsion loyihalarning 189,8 mlrd. so‘m kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini bank kreditlari bo‘yicha 15,4 mlrd. so‘m foizli xarajatlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilingan va uni kompensatsiya qilish bo‘yicha chiziqli dasturlash modeli ishlab chiqilgan;
«sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish to‘g‘risida» 1-sanoat (ishlab chiqarish) hisobot shaklining «iste’mol mollarini ishlab chiqarish» 2-bobiga «taqqoslama narxlarda iste’mol mollari» satrini, «tayyor mahsulotni yuklab jo‘natish va qoldig‘i» 3-bobiga «eksportga yuklab jo‘natilgan tayyor mahsulotlar qoldig‘i»ni xorijiy valyutalarda ustunini, «Iqtisodiy ko‘rsatkichlar» 4-bobiga «ulgurji, chakana, qiyosiy narxlarda yuklab jo‘natilgan mahsulotlar (QQS va aksizsiz)» satrini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 3334-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “2022 yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida” qaroriga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 02/1106-son ma’lumotnomasi). Natijada 2022 yil uchun statistika hisobot shakllari tasdiqlangan;
hududiy sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyati, to‘qimachilik, kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika sanoatlarining yalpi hududiy mahsulotdagi hajmini normal taqsimot va optimal qiymatlari kabi omillarning aniqlik darajasining 2024 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 02/1106-son ma’lumotnomasi). Bu esa istiqbolda hududlarda sanoat korxonalari salohiyati va samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini statistik baholash hamda korxonalarni rivojlantirish uchun maqsadli dasturlar ishlab chiqish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish orqali imkoniyatlar yaratish va korxonaning samarali istiqbolini belgilash imkonini bergan;
«Qoraqalpoq don mahsulotlari» AJning iqtisodiy samaradorligini energiya tejaydigan, chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalar asosida ustuvor darajada ta’minlash asoslanib, regression tahlilni bosqichma-bosqich amalga oshirishning yuqori adekvatlikka ega bo‘lgan ko‘p omilli ekonometrik modeli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 02/1106-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida sanoat ishlab chiqarishi va samaradorligini xalqaro andoza va tamoyillar asosida statistik baholash imkoniyatlarini oshirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish