Kalenov Kuzbergen Tlegenovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sug‘urtalashni rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1588
Ilmiy rahbar: Bauetdinov Majit Janizaqovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01.
Rasmiy opponentlar: Quzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmanov Zafarjon Yashinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi korxonalarini sug‘urtalashni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lajak hosilini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining 20 foizini byudjetdan subsidiyalash taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligida ekinlarni sug‘urtalash bo‘yicha javobgarlikni ekinni ekishdan tortib to etkazib berish, qayta ishlashgacha bo‘lgan davrga sug‘urtalashni amalga oshiruvchi sug‘urta mahsulotini joriy etish taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda xorijga eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘urtalashning «majburiy annuitet sug‘urtasi» shaklini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi sug‘urtasida “universal sug‘urta polislari”ni qo‘llash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sug‘urtalashni rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lajak hosilini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining bir qismini byudjetdan subsidiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyundagi 505-son “Paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 19 noyabrdagi ND-84285878-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat byudjetidan paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lajak hosilini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha 7,1 mlrd. so‘m subsidiya ajratilgan;
qishloq xo‘jaligida ekinlarni sug‘urtalash bo‘yicha javobgarlikni ekinni ekishdan tortib to etkazib berish, qayta ishlashgacha bo‘lgan davrga sug‘urtalashni amalga oshiruvchi sug‘urta mahsulotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyundagi 505-son “Paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 19 noyabrdagi ND-84285878-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta xizmatlari bozorida sug‘urta kompaniyalari tomonidan 5,3 mingta sug‘urta shartnomalari tuzilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda xorijga eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘urtalashning «majburiy annuitet sug‘urtasi» shaklini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyundagi 505-son “Paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan “O‘zagrosug‘urta” AJ 2021 yil 5 martdagi 125/J-son bayonnomasi bilan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zagrosug‘urta” AJ 2021 yil 15 oktyabrdagi 02/10-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi uchun har jihatdan qulay sug‘urtalash shart-sharoitlari yaratilib, eksport shartnomalarini sug‘urtalash bo‘yicha 2021 yilning 9 oyi davomida tuzilgan sug‘urta shartnomalari soni 2020 yilning 9 oyi davomida tuzilgan sug‘urta shartnomalariga nisbatan 240 taga oshgan;
sug‘urtaga qabul qilinadigan risklarni hududiy belgilari, kelib chiqish manbalari va individual xususiyatlari asosida tasniflash va baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi sug‘urtasida “universal sug‘urta polislari”ni qo‘llash taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ 2021 yil 5 martdagi 125/J-son bayonnomasi bilan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zagrosug‘urta” AJ 2021 yil 15 oktyabrdagi 02/10-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yilning 9 oyi davomida tuzilgan sug‘urta shartnomalarining zararlilik darajasi 2019 yilning 9 oyligi davomida tuzilgan sug‘urta shartnomalarining zararlilik darajasiga nisbatan 10 foiz kamayishiga erishilgan. Buning natijasida iqtisod qilingan sug‘urta qoplamalari hajmi 250 mln. so‘mni tashkil etgan.