Yo‘ldashev Shuxratbek Xabibullo o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekskavatorlarning cho‘mich tishlarini qayta tiklash usulini takomillashtirish», 05.08.06 – «G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1312
Ilmiy rahbar: Qosimov Karimjon, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: Shokirov Baxtiyor Maxmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Karimxodjaev Nazirjon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekskavator cho‘mich tishlarining ishchi yuzasiga eyilishga chidamli materiallarni payvandlab qoplab resursini orttirish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekskavator cho‘mich tishlarining resursini oshirish maqsadida ularning tosh-tuproq jinslari bilan ishqalanib eyiladigan murakkab shaklli ishchi yuzasiga eyilishga chidamli materialni payvandlab qoplash imkonini beradigan qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
turli tarkibli materiallar payvandlab qoplangan namunalarni laboratoriya sharoitida abraziv muhitda eyilishga sinashga va ularning eyilishga chidamliliklarini solishtirishga mo‘ljallangan qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ekskavator cho‘mich tishlari materialining eyilish miqdori, unga asosan esa eyilish jadalligi tosh-tuproqning nisbiy ishqalanish xususiyatiga, bosimga, ishqalanish yo‘liga, ishqalanish tezligiga, payvandlab qoplangan materialning fizik-mexanik xossalari (qattiqligi, tarkibidagi qattiq qotishmalar miqdori)ga bog‘liq holda o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi nazariy va empirik bog‘lanishlar olingan;
ekskavator cho‘mich tishlarining ishchi yuzasiga payvandlab qoplash uchun uning resursini yangisiga nisbatan ikki martagacha yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan strukturaga, qattiqlikka va eyilishga chidamlilikka ega bo‘lgan materialning tarkibi o‘tkazilgan laboratoriya va ishlab chiqarish tadqiqotlarida asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekskavator cho‘mich tishlarining ishchi yuzasiga eyilishga chidamli kukunsimon kompozision materiallarni payvandlab qoplash usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
«Shakldor yuzalarni payvandlab qoplash uchun qurilma» (FAP 01793 - 2022 y.) ning konstruksiyasi yaratilgan. Natijada ekskavator cho‘mich tishlarining tosh-tuproq jinslari bilan ishqalanib eyiladigan murakkab shaklli ishchi yuzasiga eyilishga chidamli materialni payvandlab qoplash imkoni yaratilgan;
«Materiallarni abraziv eyilishga sinash qurilmasi» (FAP 01798 - 2022 y.) ning konstruksiyasi yaratilgan. Natijada turli tarkibli materiallar payvandlab qoplangan namunalarni laboratoriya sharoitida abraziv muhitda eyilishga sinashga va ularning eyilishga chidamliliklarini solishtirish imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan texnologiya asosida payvandlab qoplangan ekskavatorlar cho‘mich tishlari Andijon viloyati Andijon shaxri va Izboskan tumanidagi qurilish firmalarida ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazilgan hamda Izboskan tumani “Obod Andijon rivoji” sho‘’ba korxonasi va Andijon shaxar «Building Conrol Group» MChJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan (Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 17 noyabrdagi 02/4473-6369-son ma’lumotnomasi). Natijada payvandlab qoplangan ekskavator cho‘mich tishlarining eyilishga chidamliligi 1,97 martagacha ortgan, yonilg‘i, material va ehtiyot qismlar sarflari kamaygan.