Baynazarov Hayrullo Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kuzovlari almashinuvchi universal traktor tirkamalari ko‘tarib-ag‘darish qurilmasining parametrlarini asoslash” 05.08.06–“G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD./T1681
Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor; Qayumov Baxromjon Abdullajonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yuk ko‘taruvchanligi oshirilgan, kuzovlari almashinuvchi universal traktor tirkamalari ko‘tarib-ag‘darish qurilmasining parametrlari asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
almashinuvchi kuzovlarning geometrik va kinematik parametrlarini tanlash asosida tirkamalar kuzovining ko‘tarilish burchagiga mos ravishda ag‘darilayotgan yuk massasining o‘zgarishini analitik bog‘lanishlari aniqlangan;
kuzovlari almashinuvchi, universal shassili tirkamalar ko‘tarib-ag‘darish mexanizmining tanlangan kinematik sxemasi asosida, mexanizm zvenolarining analitik bog‘lanishlari aniqlangan;
tirkama kuzovining ko‘tarilish burchagiga mos ravishda ag‘darilayotgan yuk massasining o‘zgarishini hisobga olgan holda ko‘tarib-ag‘darish qurilmasi gidravlik yuritmasining matematik modeli takomillashtirilgan.
tirkamalar ko‘tarib-ag‘darish qurilmasining ish jarayoniga o‘zgaruvchan massali yuk, kuzovning konstruktiv parametrlari, ko‘tarish mexanizmi kinematik parametrlari va gidravlik yuritmaning dinamik parametrlari kompleks ta’sirini hisobga olgan hisoblash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tirkamalar ko‘tarib-ag‘darish qurilmasining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan quyidagi natijalari kuzovlari almashinuvchi, universal shassili tirkamaning ko‘tarib-ag‘darish qurilmasini ishlab chikarishda joriy etilgan:
turli xil almashinuvchi kuzovlarda kuzovning ko‘tarilish burchagiga mos ravishda ag‘darilayotgan yuk massasini o‘zgarishining analitik bog‘lanishlari (“Qishlok xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJning 2021 yil 9 noyabrdagi dalolatnomasi). Natijada, almashinuvchi kuzovlarning geometrik va kinematik parametrlarini tanlash imkoniyati yaratilgan;
universal shassili tirkamalarning ko‘tarib-ag‘darish mexanizmining tanlangan kinematik sxemasi asosida uning zvenolarining analitik bog‘lanishlari (“Qishlok xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJning 2021 yil 9 noyabrdagi dalolatnomasi). Natijada, ko‘tarib-ag‘darish mexanizmining kinematik parametrlari asoslangan hamda ularning konstruksiyalari ishlab chikilgan;
tirkamalar ko‘tarib-ag‘darish qurilmasining kompleks hisoblash uslubi (“Qishlok xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJning 2021 yil 9 noyabrdagi dalolatnomasi). Natijada, ko‘tarib-ag‘darish qurilmasining dinamik parametrlari asoslangan va uning kostruksiyasi aniqlashtirilgan.
Taklif qilingan kinematik va dinamik parametrlar asosida kuzovlari almashinuvchi, universal shassili tirkamaning gidravlik tizimini tajriba namunasi ishlab chiqilgan (“Qishlok xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJning 2021 yil 9 noyabrdagi dalolatnomasi) hamda lobaratoriya sharoitlarida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan (“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi” ning 2020-yil 30-noyabrdagi dalolatnomasi).
Tadqiqot natijalari asosida 1 ta EHM dasturi (guvoxnoma № DGU 12121 “Traktor tirkamalari ko‘tarib-ag‘darish qurilmasining gidravlik tizimini kinematik va dinamik xisoblash dasturi”) ro‘yxatga olingan.