Sherbaev Murotdjon Raximdjanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mavsumiy rostlovchi suv omborli yirik nasos stansiyalari ish rejimlarini takomillashtirish”, 05.09.06-“gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1882
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xudaykulov Savet Ishonkulovich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Ergashev Rustam Raximovich texnika fanlari doktori, professor,
Nishonov Fayzullo PhD dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: matematik modellashtirish, raqamli texnologiyalar orqali suv resurslarini boshqarish, mavsumiy rostlovchi suv omborli yirik nasos stansiyalarning ish rejimlarini avtomatlashtirish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sen-Venan tenglamasini qo‘llash orqali suv omborli Quyumozor nasos stansiyasining barqaror ishlash shartlari va turg‘unlik rejimlari asosida matematik modeli ishlab chiqilgan;
nasos stansiyalarining gidravlik parametrlarini optimallashtish asosida Quyumozor nasos stansiyasi suv ko‘tarib berish quvvatining hisoblash usullari takomillashtirilgan;
Sen-Venan tenglamasini modellashtirish asosida suv omboriga quyiluvchi va oqib chiquvchi kanallarining uchastkalaridagi suvning beqaror harakati ifodolovchi gidravlik modellar ishlab chiqilgan;
Sen-Venan tenglamasi va gidravlik kriteriylar asosida mavsumiy rostlovchi suv omborli Quyumozor nasos stansiyasining ish rejimlarini optimal boshqarish usullari takomillashtirishgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavsumiy rostlovchi suv omborli yirik nasos stansiyalari ishlash rejimlarini takomillashtirish suv resurslarini optimal boshqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mavsumiy rostlovchi suv omborli yirik nasos stansiyalari ishlash rejimlarini takomillashtirish suv resurslarini optimal boshqarish matematik modelini ifodalovchi Sen-Venanning hususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasini takomillashtirilgan matematik modellari hamda dasturiy vosita O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Sirdaryo – Zarafshon» ITHB huzuridagi viloyat Nasos stansiya va elektr boshqarmasi ob’ektlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 5 apreldagi № 03/27-2444 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada mavsumiy rostlovchi suv omborli yirik nasos stansiyalari ishlash rejimlarini takomillashtirishda suv resurslarini yo‘qolishlari 5-7% foizga gacha kamaytirish imkonini bergan;
mavsumiy rostlovchi suv omborli yirik nasos stansiyalari ishlash rejimlarini takomillashtirishda suv resurslarini optimal boshqarish sifat mezonlari va algortmlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi kanallariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 maydagi № 03/27-2444 - sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan algoritm kanaldagi suvni ko‘tarib beruvchi nasos stansiyalarning ish rejimlari samaradorligini
5-7% foizga oshirish imkonini bergan;
mavsumiy rostlovchi suv omborli yirik nasos stansiyalari ishlash rejimlarini takomillashtirishda suv resurslarini optimal boshqarish masalasini echishning dasturlar majmuasi “Qarshi mashina kanalidan foydalanish” boshqarmasi tasarrufidagi kanallarga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 martdagi№ 03/27-2444- sonli ma’lumotnomasi). Natijasida ishlab chiqilgan dasturlar majmuasi mavsumiy rostlovchi suv omborli yirik nasos stansiyalari ishlash rejimlarini takomillashtirishdagi suv resurslarining yo‘qolishlarni 5-7% foizga kamaytirish imkonini bergan.