Ravshanov Suvanqul Saparovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Quruq iqlimda etishtirilgan bug‘doy donlarini navli  un  tortishga tayyorlashda gidrotermik  ishlov berish rejimini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T357.
Ilmiy maslahatchi: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qochqor Odilovich, texnika fanlari doktori, profeccor; Azizov Axtam Sharipovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Xudoyberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika  fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quruq iqlim sharoitida etishtirilgan mahalliy bug‘doy don turkumlarini navli un tortishga tayyorlash (gidrotermik ishlov berish) jarayonida akustik to‘lqin ta’sirida faollashtirilgan suv va kimyoviy faol modda sifatida xlorid kislotaning kuchsiz eritmasini qo‘llab, tayyor mahsulotning novvoylik xossalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamiz tegirmonlarida amaldagi gidrotermik ishlov berish texnologik rejimi va usullarida quruq iqlim sharoitida etishtirilgan mahalliy bug‘doy don turkumlarining dastlabki namligi past (7-9 %) ekanligi hisobga olinmaganligi nazariy va eksperimental asoslangan;
mahalliy va import qilingan bug‘doy don navlarining texnologik va strukturaviy-mexanik xossalari tajribaviy tadqiq qilingan, ulardagi tafovutlar gigroskopik xossalari bilan bog‘liqligi asoslangan;
bug‘doy donini navli un tortishga tayyorlashda unga cuvning cingishi va endocpermning gidrofil faol markazlariga bog‘lanish mexanizmi isbotlanib, uning mahalliy turkumlariga covuq kondisionerlash uculini qo‘llash bilan novvoylik xoccalari pacayishi aniqlangan;
mahalliy va import qilingan bug‘doy doni namunalarining tashqi qobiq va endospermidagi mikrokapillyarlar hamda g‘ovaklarning o‘lchamlaridagi tafovutlar ularning namligi va oqsil matrisalarining rivojalanganligiga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
akustik to‘lqin ta’sirida ichimlik suvining 100-400 Gs chastotalar oralig‘ida sezilarli faollashishi va uning fizik-kimyoviy xususiyatlarining (konduktometrik kul miqdori, suvning solishtirma qarshiligi, tuzlanishi, elektr o‘tkazuvchanligi va suvdagi umumiy erigan modda miqdorlari) o‘zgarishlari eksperimental isbotlangan;
mahalliy bug‘doy don turkumlariga gidrotermik ishlov berishda faollashtirilgan suvni qo‘llashning ular shishasimonligiga, natural og‘irligiga va zichligiga ta’siri nazorat namunasinikiga nisbatan keskin o‘zgarishi isbotlangan;
mahalliy bug‘doy donini navli un tortishga tayyorlash uchun (gidrotermik ishlov berishda) 80-100 Gs chastotali akustik ta’sirda faollashtirilgan suv qo‘llanilganda tayyor mahsulot unumining eng yuqori darajadagi oshishi va uning novvoylik xossalari yaxshilanishi eksperimental aniqlangan;
I maydalashdan oldin 0,1-0,2% li xlorid kislota eritmasida qo‘shimcha namlash orqali quruq iqlim sharoitida etishtirilgan mahalliy bug‘doy don qobiqlari elastikligining oshishi hamda anatomik qismlarining o‘zaro mustahkam nativ bog‘lari zaiflashishi hisobiga un unumi ortishi va uning novvoylik xossalari yaxshilanishi aniqlangan;
mahalliy bug‘doy donini navli un tortishga tayyorlashda gidrotermik ishlov berish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Quruq iqlimda etishtirilgan bug‘doy donlarini navli un tortishga tayyorlashda gidrotermik ishlov berish rejimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quruq iqlim sharoitida etishtirilgan mahalliy bug‘doy don turkumlarini navli un tortishga tayyorlash uchun gidrotermik ishlov berishda 80-100 Gs chastotada akustik faollashtirilgan suvni qo‘llab tortish texnologiyasi «Koʼksaroy» MChJning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2021 yil 12 apreldagi 10-1-11/49-511-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik jarayon davomiyligini 20 % ga qisqartirish, unumdorlikni 0,3-0,5 % ga oshirish, unning rangini 2-4 birlikka va kleykovinaning IDK shartli birlik ko‘rsatkichini 10-11 birlikka yaxshilash imkonini beradi;
akustik ta’sir orqali gidrotermik ishlov berib olingan unlardan non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi «Koʼksaroy» va «Oltin boshoq issiq noni» MChJlarining «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2021 yil 12 apreldagi 10-1-11/49-511-son ma’lumotnomasi). Natijada, nonning hajmini nazoratnikiga nisbatan mos ravishda 50-170 sm3 ga, mag‘zining g‘ovakligini esa 1,9-4 % gacha oshirish imkonini beradi;
I-chi maydalash tizimidan oldin xlorid kislotaning 0,1-0,2% konsentratsiyali eritmasida donni qo‘shimcha namlash texnologiyasi «Toshkentnon» uyushmasining «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2021 yil 12 apreldagi 10-1-11/49-511-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doy don qobiqlarining elastikligi ortishi hisobiga un unumini oshirish va novvoylik xossalarini yaxshilash hamda unning ballarda ifodalangan sifatini 10 % ga oshirish imkonini beradi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish