Raximova Gulnoza Gafurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ketma-ket noparametrik baholashning asimptotik masalalari», 01.01.05 –Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2022.1.PhD/FM198
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Matematika instituti huzuridagi  DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Abduraxim Axmedovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Imomov A’zam Abduraximovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Sagidullaev Kalmirza Saparbaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ketma-ket noparametrik interval va nuqtaviy baholashda to‘xtash momentlari hamda fiksirlangan kenglikli ishonchlilik interval va baholashning risk funksiyalarining asimptotik xossalarini isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘xtash momentlari, fiksirlangan kenglikli ishonchlilik interval va baholashning minimal risk funksiyasini topish usullari ishlab chiqilgan;
to‘xtash momentlarini asimptotik effektivligi va ishonchlilik intervallarini asimptotik asosliligi isbotlangan;
ko‘p o‘lchovli zichlik funksiyasining hosilasi, regressiya funksiyasi va asimptotik korrelyasiyalanmagan tasodifiy jarayonning zichlik funksiyasi uchun fiksirlangan kenglikli ishonchlilik intervallarini asimptotik xossalari isbotlangan;
empirik xarakteristik jarayonlar uchun invariantlik prinsipida yaqinlashish tezliklari topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ketma-ket noparametrik baholashning asimptotikasiga oid masalalar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fiksirlangan kenglikli ishonchlilik intervallardan va ularning xossalaridan «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» da sug‘urta turlari va sug‘urta mahsulotlari bo‘yicha sug‘urta riskini kamaytirishda  foydalanilgan («Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ Toshkent shahri filialining 2020 yil  29 oktyabrdagi №01-985/985-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi sug‘urta risklarini aniqroq hisoblashga, sug‘urta turlari va sug‘urta maxsulotlari  bo‘yicha sug‘urtalash narhlarini qisqartirish imkonini bergan;
regressiya funksiyasi va asimptotik korrelyasiyalanmagan tasodifiy jarayonning zichlik funksiyasi uchun fiksirlangan kenglikli ishonchlilik intervallaridan Yo-F4-07 raqamli «Kopula funksiyalari yordamida statistik baholash va gipotezalarni tekshirish»  mavzusidagi fundamental loyihada kopula funksiyalari yordamida noma’lum parametrlarni statistik baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 11 martdagi №04/11-1405-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi kopula funksiyalari yordamida ketma-ket baholashda ishonchlilik intervallarining kengligi kichiklashib borganda ham ishonchlilik darajasi o‘zgarmay qolishini isbotlashni  imkonini bergan;
empirik xarakteristik jarayonlar uchun invariantlik prinsipida topilgan yaqinlashish tezliklaridan OT-F-4-40 raqamli «O‘lchovli funksiyalar sinfida indekslangan integral empirik protsesslarning asimptotik xossalarini tadqiq qilish»  mavzusidagi fundamental loyihada parametrlarni baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 11 martdagi №04/11-1406-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi to‘liq bo‘lmagan tanlanmalar bo‘yicha statistik baholashning muhim yo‘nalishlaridan hisoblangan noma’lum parametrlarni baholash masalalarini hal qilishimkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish