Sayt test rejimida ishlamoqda

Mamanazarov Murodali Mamadali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikkilamchi xomashyolar asosida Klaus jarayoni katalizatorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2456.
Ilmiy rahbar: Yusupov Farhod Mahkamaovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirahmad Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Adizov Bobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi xomashyolar asosida Klaus jarayonida qo‘llaniladigan yangi samarali katalizatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sho‘rtangaz kimyo majmuasi (ShGKM) chiqindisi  asosida katalizator tashuvchisi olishning maqbul sharoitlari va komponentlarning maqbul miqdori aniqlangan;
katalizator namunalarining katalitik xossalari uning tarkibidagi faol komponentlar miqdori va ularni qo‘shish usuliga bog‘liqligi aniqlangan;
katalizator namunalarini olish jarayonida namuna tarkibida alyuminiy oksidining past haroratli fazalari miqdori ortishi aniqlangan;
katalizator tarkibiga CaO va TiO2 (yoki MgO va V2O5) oksidlari birgalikda kiritilishi namunaning katalitik xossalarini 15-20% ga yaxshilashi isbotlangan;
alyuminiy oksidli adsorbent (ShGKM) chiqindisi va faol komponentlar ishtirokida oltingugurt olish jarayonida qo‘llaniladigan samarali katalizator olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ikkilamchi xomashyolar asosida Klaus jarayoni katalizatorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi xomashyolar asosida Klaus jarayoni katalizatorlarini olish uchun texnik shart «O‘zbekneftegaz» AJ Muborak GQIZ bilan kelishilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tamonidan tasdiqlangan (Ts23766064-14:2021). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini bergan;
ikkilamchi xomashyolar asosida oltingugurt olishda qo‘llaniladigan katalizatorlar olish texnologiyasi «O‘zbekneftegaz» AJ da ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etiladi («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 15 dekabrdagi 03-17-5/199-son ma’lumotnomasi). Natijada, Klaus jarayonida qo‘llaniladigan import katalizatorni mahalliy katalizator bilan almashtirish, oltingugurtning tan narxini arzonlashtirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish