Sayt test rejimida ishlamoqda

Xudayberdiev Abdukarim Absalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Piroliz distillyatini qayta ishlashga tayyorlash jarayonlarini ishlab chiqish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2045.
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdug‘affor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxab, texnika fanlari doktori, professor; Hayitov Ruslan Rustamjonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: piroliz distillyatini qayta ishlashga (haydashga) tayyorlashning samarali jarayonlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piroliz distillyatining fraksion tarkibi, zichligi, qovushqoqligi, issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanlik qiymatlarining haroratga bog‘liq o‘zgarish chegaralari aniqlangan;
0,1÷3,0 MPa bosim va 350 °C gacha haroratda bug‘i zichligini o‘zgarish xarakteri asoslangan;
hisoblash-tajriba natijalari bilan piroliz distillyatini gidrotozalash va oraliq mahsulotni gidrirlash jarayonlarining ratsional texnologik rejim-lari asoslangan;
xomashyoning oltingugurtli birikmalarini parchalanishi va reaksiya mahsulotlari konsentratsiyasini vaqt bo‘yicha taqsimlanishi asosida katalitik reaktorlarning ratsional ish rejimlari aniqlangan;
piroliz distillyatini atmosfera bosimi ostida xaydash bilan barqaror benzin ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Piroliz distillyatini qayta ishlashga tayyorlash jarayonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yiliga 103000 t piroliz distillyatini birlamchi xaydashga tayyorlash jarayoni texnologik tizimi «Buxoro NQIZ» modernizatsiyalangandan keyin ishlab chiqarishga joriy etiladi («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 9 sentyabridagi 03-17-5/131-son ma’lumotnomasi). Natijada, piroliz distillyatidan 72100 t benzin (35 - 205 C), 28840 t engil nafta (30 - 80 C) va 1300 t piroliz moyi (350 C va undan yuqori) ishlab chiqarish imkonini beradi;
katalitik panjaralar va statsionar qatlamdagi katalizatorlar bilan ta’minlanuvchi reaktorlarni hamda piroliz distillyatini isitish va gidro-genizatni sovutish uchun qobiq-quvurli issiqlik almashinish qurilmalari «Buxoro NQIZ» modernizatsiyalangandan keyin ishlab chiqarishga joriy etiladi («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 9 sentyabridagi 03-17-5/131-son ma’lumotnomasi). Natijada, uglevodorod xomashyosini qayta ishlash jihozlarining samarali konstruksiyalarini loyihalash va tayyorlash imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish