Sayt test rejimida ishlamoqda

Xolmirzaev Ma’murjon Janazakovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanoat hududlarida ifloslantiruvchi unsur (modda)larni migratsion xususiyatlari (Chirchiq sanoat hududi misolida)», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/GM111.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Botirjon Dadajanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Yuldashbay, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Zakirov Mirabbas Mirsaatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor. 
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat hududida ifloslantiruvchi unsurlarning migratsion xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ifloslantiruvchi unsurlarni aeratsiya zonasi jinslari va er osti suvlarida migratsion harakati baholangan;
ifloslantiruvchi unsurlarning vertikal migratsiyasi ko‘rsatkichlarini aniqlash uslublari takomillashtirilgan;
sanoat hududlarida aeratsiya zonasidagi ushlab qoluvchi jinslar  hisobidan ikkilamchi ifloslantiruvchi manbalarni hosil bo‘lishi asoslangan;
ifloslantiruvchi unsurlarni aeratsiya zonasi jinslari orqali migratsiya darajasi bo‘yicha tasnifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sanoat hududlarida ifloslantiruvchi unsurlarni migratsion xususiyatlari (Chirchiq sanoat hududi misolida) mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Chirchiq sanoat xududidagi texnogen ta’sir natijasida er osti suvlari azotli birikmalar, metalloid ionlari, neft mahsulotlari, fenollar, organik moddalar (kaprolaktam, sintetik faol moddalar) va boshqa sanoat chiqindi suvlari bilan ifloslanishi kuzatilgan xududlarda ifloslantiruvchi unsurlarni aeratsiya zonasi jinslari orqali migratsiya xususiyatlari va uning ko‘rsatkichlari tasnifining ilmiy-amaliy asoslari “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi Qibray tumani bo‘limi”da amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021yil 23 noyabrdagi 03-02-8-1801-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chirchiq sanoat hududidagi iqtisod tarmoqlari korxonalari uchun lokal monitoring tizimini asoslash imkonini bergan;
Chirchiq sanoat hududi er osti va er usti suvlarining ifloslanganlik hamda himoyalanganlik darajasi xaritasi va ifloslantiruvchi unsurlarni aeratsiya zonasi jinslari orqali migratsiya darajasi bo‘yicha ishlab chiqilgan tasnifi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi Chirchiq shahar bo‘limi”da amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021yil 23 noyabrdagi 03-02-8-1801-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chirchiq sanoat xududida kechadigan faol texnogen jarayonlar (migratsiya) xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish