Salihova Gulsara Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “13-15 yoshli maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida rivojlantirish metodikasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped/1479.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Umarov Djamshid Xasanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Salomov Raxmatilla Salomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Saidov Izzatilla Ismatullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 13-15 yoshli maktab o‘quvchilari uchun darsdan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantiruvchi va yaqinlashtiruvchi mashqlarni tanlab yo‘naltirish orqali jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha  tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
13-15 yoshli maktab o‘quvchilarining darsdan tashqari mashg‘ulotlarda mushaklar zo‘riqishining oldini olishga qaratilgan yuqori qisqarish tezligini talab qiluvchi, chaqqonlik, egiluvchanlik, tezkorlik, kuch va chidamlilikka yo‘naltirilgan maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga jismoniy sifatlarni rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
13-15 yoshli maktab o‘quvchilarining darsdan tashqari mashg‘ulotlarga jalb qilish jarayonida jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun sensitiv davrlaridan kelib chiqib tananing harakat tezligi hamda gavda mushaklarining statik muvozanatini oshirishning yosh ko‘rsatkichlarini (o‘g‘il bolalarda 13 yoshda chaqqonlik, 13-14 yoshda egiluvchanlik, 15 yoshda tezkorlik, 13-14-15 yoshda kuch, tezkor-kuch, chidamlilik hamda qiz bolalarda 13 yoshda chaqqonlik, 13-14 yoshda kuch, tezkor-kuch, 15 yoshda egiluvchanlik, kuch, tezkor-kuch) ishlab chiqish hisobiga darsdan tashqari mashg‘ulot uslubiyati takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning aerob va anaerob bazaviy funksiyalarini shakllantirish uchun kritik tezlik bilan bajariladigan (kislorodga ehtiyoj aerob imkoniyatlarga teng bo‘lgan) tanlab olingan majmuali yaqinlashtiruvchi (analitik va imitatsiya) mashqlarni variativ oraliq uslubda mashg‘ulotga kiritish hisobiga organizmning muayyan faoliyatga moslashish imkoniyati kengaytirilgan;
13-15 yoshli maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish darajasidan kelib chiqib gimnastika va engil atletika vositalari mashg‘ulotning mazmuni bo‘yicha (mashqning ichki va tashqi strukturasi) va xususiyatlariga  (o‘yinlar va mashqlar miqdorini hamda bajarish sur’atini o‘zgartirib, harakat amplitudasini ko‘paytirib yoki kamaytirib) ko‘ra organizmning toliqish va qayta tiklanish vaqtini o‘zgarishi hisobiga optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda maxsus mashqlar majmuasi yordamida 13-15 yoshli maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar asosida:
jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishga qaratilgan darsdan tashqari mashg‘ulotlarda 13-15 yoshli maktab o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan maxsus mashqlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha takliflar «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati»  (Maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-263 raqamli guvohnoma). Natijada umumta’lim maktablarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarni  tashkil qilish sohasida ilmiy-nazariy bazani to‘ldirish va kengaytirish hisobiga maktab o‘quvchilarining darsdan tashqari mashg‘ulotlarga bo‘lgan motivatsiyasi 12% ga oshgan; 
13-15 yoshli maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi  va jismoniy tayyorgarligi  ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlilidan kelib chiqib tananing harakat tezligi hamda gavda mushaklarining statik muvozanatini oshirishning yosh ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavsiyalar Toshkent shahridagi 178- va 272-son umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya darsdan tashqari mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 03.17-02/12621-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarliklari 9 % ga oshgan;
tanlab olingan majmuali yaqinlashtiruvchi (analitik va imitatsiya) mashqlarni variativ oraliq uslubda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati»  (Maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi) nomli o‘quv qo‘llanma  mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-263 raqamli guvohnoma). Natijada 13-15 yoshli o‘g‘il bolalarda jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi tajriba guruhida: tezkorlik 5,8%, chaqqonlik 5,4%, kuch 11,4%, chidamlilik 5.11% ga oshgan. 13-15 yoshli qiz bolalarda esa tezkorlik 5,8%, chaqqonlik 6,1%, kuch 6.27%, chidamlilik 4,16% ga yaxshilangan;
gimnastika va engil atletika vositalari mashg‘ulotning mazmuni bo‘yicha va xususiyatlariga ko‘ra organizmning toliqish va qayta tiklanish vaqtini o‘zgarishi hisobiga optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar 178- va 272-son umumta’lim maktablarining darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining  2021 yil 29 dekabrdagi 03.17-02/12621-son ma’lumotnoma). Natijada tajriba guruhidagi  maktab o‘quvchilarining  nazorat me’yorlarini topshirish samaradorligi o‘g‘il bolalarda 12,3%, qiz bolalarda esa 10,6% ga o‘sgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish