Xudoyqulova Hurriyat Berdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston Respublikasi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariningekonometrik va statistik tadqiqi, 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.2.PhD/Iqt939.
Ilmiy rahbar: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmatov Zoir Xudayberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isaev Ravshan Abduraxmonovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini statistik va ekonometrik usullar yordamida baholash hamda tahlillar natijalari bo‘yicha ilmiy takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar, ular tarkibidagi tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati bo‘yicha rivojlanish darajasi reytingi shakllantirilib, rivojlanish darajasi komponent o‘zgaruvchanligi va unga mos koeffisientlarning chiziqli kombinatsiyasiga asoslangan kompozision indeksi ( ) ishlab chiqilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda omilli tahlilni amalga oshirishdan olingan natijalarni klaster tahlil o‘zgaruvchisi sifatida integratsiya qilish orqali hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatiga ko‘ra klaster guruhlariga tasniflangan;
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad, xizmatlar hajmi hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi va ishsizlik darajasi kabi ko‘rsatkichlarning hududlardagi holatini kollinear bo‘lmagan omillar subguruhlari asosida regression tahlilni bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali yuqori adekvatlikka ega bo‘lgan ko‘p omilli ekonometrik modellari ishlab chiqilgan;
hududlarning rivojlanishidagi tafovutlarni ifodalovchi σ-konvergensiya va β–konvergensiya qiymatlari hisoblagan holda har bir hudud uchun aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘zgarishi modellari asosida 2021-2025 yillar bo‘yicha prognoz qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining ekonometrik va statistik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar va va ular tarkibidagi tuman va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati bo‘yicha rivojlanish darajasini aniqlovchi reytin va uning asosida rivojlanish darajasini toifalash bo‘yicha takliflar 2021 yil Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ma’qullanib, baholash amaliyotgiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 13 dekabrdagi 01/2-03-21-79-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qarorlarni qabul qilish jarayonida foydalanish lozim bo‘lgan ishonchli statistik ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirgan;
ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda omilli tahlilni amalga oshirishdan olingan natijalarni klaster tahlil o‘zgaruvchisi sifatida integratsiya qilish orqali hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatiga ko‘ra klaster guruhlariga tasniflash bo‘yicha takliflar Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish natijalarini baholash amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 13 dekabrdagi 01/2-03-21-79-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi natijasida hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yoki ularning oqibatlarini kuzatish imkonini kengaytirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda omilli tahlilni amalga oshirishdan olingan natijalarni klaster tahlil o‘zgaruvchisi sifatida integratsiya qilish orqali hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatiga ko‘ra klaster guruhlariga tasniflash bo‘yicha takliflar 2021 yil Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ma’qullanib, baholash amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 13 dekabrdagi 01/2-03-21-79-son ma’lumotnomasi). Bu esa hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi holati to‘g‘risidagi statistik axborotlarning ishonchliligi, shaffofligini ta’minlash hamda statistik usullarni qo‘llash imkoniyatlari yaratilgan;
hududlar aholi jon boshiga YaHM o‘zgarishi bo‘yicha prognoz qiymatlari hamda kutilayotgan aholi jon boshiga YaHM umumiy o‘rtacha yillik o‘sishi bo‘yicha takliflardan 2021-2025 yillarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 13 dekabrdagi 01/2-03-21-79-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida esa hududlarda 2021-2025 yillarda rivojlanish bosqichlarida optimal qarorlar qabul qilish, hududlarning rivojlanishidagi tafovutlarni hisobga olgan holda istiqboldagi imkoniyatlardan samarali foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.