Ro‘zieva Diyora Sulaymonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy moliyaviy munosabatlarni takomillashtirishda ajdodlar merosidan foydalanish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Iqt1336.
Ilmiy rahbar: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019. I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, shuningdek uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi sharoitlarida ajdodlarimiz merosini tadqiq etish asosida O‘zbekistonda zamonaviy moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ajdodlarimiz merosida daromadlari zakot to‘lash uchun belgilangan eng kam miqdorga etmagan fuqarolarni soliqdan ozod etish amaliyotlari asosida o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarni jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod qilish taklif qilingan;
etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilish taklif etilgan;
etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga stipendiya to‘lovlarini 50 foizga oshirilgan holda to‘lash taklif etilgan;
ajdodlarimizning vaqflar asosida ta’limni moliyalashtirish amaliyotlaridan foydalangan holda etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zamonaviy moliyaviy munosabatlarni takomillashtirishda ajdodlar merosidan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ajdodlarimiz merosida daromadlari zakot to‘lash uchun belgilangan eng kam miqdorga etmagan fuqarolarni soliqdan ozod etish amaliyotlari asosida o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarni jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) 369-moddasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 dekabrdagi 806-sonli Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 13 sentyabrdagi 06/04-01-32/1588-son ma’lumotnomasi). Taklifni qo‘llash natijasida o‘zini o‘zi band qilganlar ixtiyorida 325,0 mln.so‘m mablag‘ qoldirilgan;
etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216 Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8795-son ma’lumotnomasi). Taklifni qo‘llash natijasida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan to‘lovlar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorigacha etkazilishi belgilangan;
etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga stipendiya to‘lovlarini 50 foizga oshirilgan holda to‘lash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8795-son ma’lumotnomasi). Taklifni qo‘llash natijasida etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lovlari 50 foizga oshirilgan holda to‘lanishiga erishilgan;
ajdodlarimizning vaqflar asosida ta’limni moliyalashtirish amaliyotlaridan foydalangan holda etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratish taklifi. Mazkur taklif Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8795-son ma’lumotnomasi). Taklifni qo‘llash natijasida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratilishi nazarda tutilgan.