Kushnazarova Shoxidaxon Kosimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Go‘sht-sut mahsulotlarini tovar nomenklaturasi bo‘yicha tasniflash tizimini takomillashtirish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2603.
Ilmiy rahbar: Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02
Rasmiy opponentlar: Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Hamraqulov Mahmud G‘ofurjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: go‘sht va sut mahsulotlarining kimyoviy tarkibiga ko‘ra, uyg‘unlashtirilgan tizim asosida milliy tovar nomenklaturasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
go‘sht va sut mahsulotlarining kimyoviy tarkibi mass-selektiv detektor orqali gaz-xromatografik usulda aniqlangan;
yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usuli go‘sht va sut mahsulotlari tarkibidagi og‘ir metall tuzlari va mikro elementlarni miqdorlarining aniqlashning ekspress usuli ekanligi amalda isbotlangan;
go‘sht-sut mahsulotlarining kimyoviy tarkibi,tuzilishi va iste’mol xossalaridan kelib chiqqan xolda amaldagi tovar kodlariga qo‘shimcha tarzda kiritilgan yangi tovar kodlari yaratilgan;
TIF TN 0205002000 kodi asosida go‘sht mahsuloti uchun TIF TN ning yangi 0205002001, 0205008000 asosida 0205008001, va1601009100 ot go‘shti qazi uchun 1601009101 kodi ishlab chiqilgan;
sut mahsulotlari uchun TIF TN 0401209100 kodi asosida (0401209101, 0401209102, 0401209103, 0401209104, 0401209109 va 0401209109- boshqalar uchun ) 0401209900 kod asosida (0401209901, 0401209902, 0401209903, 0401209904, 0401209905 va boshqalar uchun 0401209909) kod raqami ishlab chiqilgan;
go‘sht - sut mahsulotlarini inson omili aralashuvisiz TIF TN asosida kodlarini aniqlashning Avtomatlashtirilgan axborot dasturi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Go‘sht-sut mahsulotlari tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi asosida tasniflashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
go‘sht-sut mahsulotlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga kiritilgan yangi kod raqamlari bojxonaning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi 1/16-295-son ma’lumotnomasi). Natijada, go‘sht va sut mahsulotlarining kod raqamlarini noto‘g‘ri belgilash hisobiga mamlakat iqtisodiyotiga zarar etkazmaslikning imkonini beradi;
go‘sht-sut mahsulotlarining TIF TN kod raqamlarini aniqlashda ishlab chiqilgan bojxona ekspertizasini amalga oshirish bo‘yicha tezkor “ekspress” usullari bojxonaning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi 1/16-295-son ma’lumotnomasi). Natijada, go‘sht va sut mahsulotlarini ekspertizasi samaradorligini oshirish, ularni tez va sifatli tahlil qilish imkonini beradi;
go‘sht - sut mahsulotlarini inson omili aralashuvisiz TIF TN asosida kodlarini aniqlashning avtomatlashtirilgan axborot dasturi bojxona amaliyotida foydalanish uchun qabul qilingan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi 1/16-295-son ma’lumotnomasi). Natijada, go‘sht-sut mahsulotlarini TIF TN kod raqamlarini aniqlash va bojxona rasmiylashtiruvi muddatlarini qisqartirish imkonini bergan.