Ganieva Dilnoza Furkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabiiy jun tolasini modifikatsiyalash uchun maxalliy xomashyo va organik ingredientlar asosidagi polimer kompozisiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2600.
Ilmiy rahbar: Davlatov Rasuljon Mamatkulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy jun tolasini modifikatsiyalash uchun maxalliy xom-ashyo va organik ingredientlar asosidagi polimer kompozisiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jun tolalarini modifikatsiyalash uchun mo‘ljallangan, bo‘yaluvchanligini va mustahkamlik xususiyatlarini oshirishga imkon beradigan poli-to‘rtlamchi ammoniy tuzlari va serisinni o‘z ichiga olgan modifikatsiyalovchi kompozisiyalarning ratsional tarkibi ishlab chiqilgan;
modifikatsion tarkib komponentlarining vazifasi va modifikatorning jun bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi aniqlangan;
jun tolasining bo‘yalish sifatiga va deformatsion mustahkamlik hususiyatlariga modifikatsiyalovchi agent tabiatining va kompozisiya tarkibining ta’siri aniqlangan;
polimer kompozisiyasi komponentlarining jun keratini bilan o‘zaro ta’siri aniqlangan;
serisin va suvda eruvchan polimer kompozisiyasi komponentlari funksional guruhlarining jun tolasining tuzilishi va fizik-mexanik xususiyatlariga ta’sir darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tabiiy jun tolasini modifikatsiyalash uchun maxalliy xom-ashyo va organik ingredientlar asosidagi polimer kompozisiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan suvda eruvchan polimer kompozisiyasi «Karmenta-Yan-Teks» MChJda jun tolalarini modifikatsiyalash jarayonida joriy etilgan («O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2022 yil 24 fevraldagi 04/25-420-son ma’lumotnomasi). Natijada, tola uzilishini keskin holda kamayishi va fizik-mexanik xossasini yaxshilash imkonini bergan;
yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan modifikatsiyalangan tabiiy jun tolalari «Karmenta-Yan-Teks» MChJda bo‘yalish jarayonida joriy etilgan («O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2022 yil 24 fevraldagi 04/25-420-son ma’lumotnomasi). Natijada, polimer funksional zvenosining tolaga payvandlanishi orqali, jun tolasini bo‘yalishini yaxshilanishiga hamda qo‘llanilayotgan bo‘yoqlar intervalini kengaytirish imkonini bergan.