Akramov Davlat Ximmatkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lagochilus turkum o‘simliklarini kimyoviy tadqiq qilish va ularning biologik faolligi», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K131.
Ilmiy rahbar: Mamadalieva Nilufar Zokirjonovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salima Fozilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullajonova Nodira Ganievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lagochilus turkum o‘simliklari (L. inebrians, L. gypsaceus, L. setulosus, L. acutilobus, L. vvedenskiy, L. olgae, L. proskorjakovii) dan birlamchi, ikkilamchi metabolitlarni ajratib olish, tuzilishlarini aniqlash va biologik faolliklarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Lagochilus turkumiga mansub 7 ta tur o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklari tadqiq qilingan. 3 ta Lagochilus turidan jami 12 ta metabolitlar ajratilgan va tuzilishlari aniqlangan;
L. gypsaceus o‘simligidan iridoidlar sinfiga mansub yangi modda – 7-sinnamoil lamalbid ajratib olingan va tuzilishi isbotlangan;
L. setulosus o‘simligidan disaxaridlar sinfiga mansub yangi modda – 1-metoksi-3-O-β-glyukopiranozil-α-L-olioza ajratib olingan va tuzilishi isbotlangan;
L. inebrians, L. gypsaceus, L. setulosus o‘simliklarining efir moylarini kimyoviy tarkibi aniqlangan va identifikatsiya qilingan;
Lagochilus turkumiga mansub 7 ta tur o‘simliklari tarkibidagi biomarker modda – lagoxilinning miqdorini YuSYuQX usuli yordamida aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lagochilus turkumiga mansub o‘simliklarni kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
L. gypsaceus va L. setulosus turlaridan ajratib olingan yangi 7-Sinnamoil lamalbid va 1-Metoksi-3-O-β-D-glyukopiranozil-α-L-olioza birikmalarining kimyoviy tuzilishlari va fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlanib, SciFinder va Reaxys xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (ID 38170239; ICRDE). Natijada yangi birikmalarga o‘xshash moddalarning tuzilishi va xususiyatlarini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
O‘simlik moddalari kimyosi instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining № FA-F-6-009 raqamli «Tabiiy birikmalar va ularning sintetik hosilalarining sitotoksik, antibakterial, zamburug‘ga qarshi va antioksidant faolligini o‘rganish» ilmiy loyihasi doirasida Lagochilus turkum o‘simliklaridan ajratib olingan bir qator moddalar bakteriya va zamburug‘larga qarshi faol birikmalarni aniqlash maqsadida gram-musbat bakteriyalar - Staphylococcus aureus, Bacillus subtilis, gram-manfiy bakteriyalar - Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa va shartli patogen zamburug‘ - Candida albicans shtammlariga nisbatan tekshirilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2022 yilning 3-fevralidagi № 4/1255-235-son ma’lumotnomasi). Natijada Staphylococcus aureus va Bacillus subtilis ga nisbatan antimikrob faollikka ega bo‘lgan birikmalar topish imkonini bergan;
Lagochilus turkumi o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tadqiq qilish natijalaridan xorijiy olimlar tomonidan 15 dan ortiq impakt faktori yuqori jurnallarda chop etilgan ilmiy ishlarda o‘simliklardan ajratib olingan birlamchi, ikkilamchi metabolitlarni kimyoviy va miqdoriy jihatdan tavsiflashda, shuningdek, antioksidant, mikrob, zamburug‘larga qarshi va ferment ingibirlovchi faolliklarini tavsiflashda foydalanilgan (Molecules, 2021, 26, 3712. https://doi.org/10.3390/molecules26123712, IF-4.41; Plants, 2020, 9, 691; doi:10.3390/plants9060691, IF-3.94, Applied Sciences, 2020, 10, 6808; doi:10.3390/app10196808, IF-2.68 va h). Natijalar Lagochilus o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan;
dunyo bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlarda keltirilgan Lagochilus turkum o‘simliklarining tarqalishi, etnofarmakologiyasi, xalq tabobatida qo‘llanilishi, kimyoviy tarkibi va biologik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar dissertant va xammualliflar tomonidan umumlashtirilib, adabiyotlar sharhi (obzor) tarzida xalqaro Plants (2021, 10(1), 132; https://doi.org/10.3390/plants10010132, IF-3.94) va Holzforschung (2019, 74(2), 96-115, https://doi.org/10.1515/hf-2018-0296, IF-2.39) jurnallarida chop etilgan. Natijalar xorijiy va maxalliy olimlar, tadqiqotchilar va magistrantlarga Lagochilus turkum o‘simliklari bo‘yicha hozirgacha mavjud adabiyotlarda keltirilgan barcha ma’lumotlardan to‘liq holda foydalanish imkonini bergan;
Lagochilus turkumi o‘simliklari metabolitlari va ularning biologik faolliklar bo‘yicha olingan natijalar Avstriyaning Tabiiy resurslar va hayot fanlari universiteti (University of Natural Resources and Life Sciences, BOKU) hamda Misrning Ayn Shams Universiteti (Ain Shams University, Cairo) da steroid, terpenoid, flavonoid, qand moddalari saqlovchi o‘simlik birikmalari va ekstraktlarini in vitro sharoitida organizmlarga ta’sirini baholashda foydalanilgan (BOKU Universitetining 2021 yil 8-dekabrdagi va Ayn Shams Universitetining 2021 yil 23-dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada Lagochilus turkum o‘simliklaridan gel`mint, rak hujayralari, mikrob va zamburug‘larga qarshi, antioksidant va ferment ingibirlovchi faolliklarga ega yangi komponentlarni aniqlash imkonini bergan.