Islamova Zulfiyaxon Saidg‘anixo‘ja qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Immun mikrotrombovaskulitlarda endoteliy disfunksiyasining molekulyar mexanizmlari, davolash taktikasini takomillashtirish” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya, 03.00.01- Bioximiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib995.
Ilmiy rahbarlar: Babadjanova Shaira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Inoyatova Feruza Xidoyatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori; Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: immun mikrotrombovaskulitlarda endoteliy disfunksiyasining molekulyar mexanizmlarini o‘rganish va aniqlangan o‘zgarishlarni korreksiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
immun mikrotrombovaskulit bilan kasallangan bemorlarda qon zardobida ET-1, vWF, sICAM-1 va trombomodulin miqdorini ortishi bilan kichik qon tomirlarda antikoagulyant tizim faoliyatining susayishi, koagulyasion jarayonlarni faollashtiruvchi omillarning keskin ortishiga sabab bo‘lishi asoslangan;
immun mikrotrombovaskulitda endotelial disfunsiya ko‘rsatkichlarining keskin o‘zgarishlari bilan kasallikning shakli va davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
immun mikrotrombovaskulit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik manzarasi, shuningdek, qon tomir endoteliysi disfunksiyasiga, tomir trombotsitar gemostazda trombotsitlar soni va ularning adgeziya, agregatsiya, retraksiya faoliyati, koagulyasion gemostazga kompleks davoning ijobiy taʼsir ko‘rsatishi asoslangan.
olingan natijalar asosida qon tomir endotelial disfunktsiyani davolash algoritmi ishlab chiqilgan va qo‘llash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Immun mikrotrombovaskulitda gemostaz tizimi buzilish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
immun mikrotrombovaskulitni zamonaviy davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Immun mikrotrombovaskulitni zamonaviy davolash taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 11-oktyabrdagi 8n-d/871-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma immun mikrotrombovaskulitda endoteliy disfunksiyasini tashxislash, og‘ir asoratlarning oldini olish va o‘z vaqtida samarali davolash tizimini amalga oshirish imkonini bergan.
Immun mikrotrombovaskulitda endoteliy disfunksiyasini tashxislash, og‘ir asoratlarning oldini olish va o‘z vaqtida davolash samardorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 9-dekabrdagi 8n-z/530-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi immun mikrotrombovaskulit bilan kasallangan bemorlarda endotelial disfunksiyaning oldini olish va kamaytirish, tashxislash sifatini yaxshilash, davolanish harajatlarini kamaytirish, kasallikni davolash muddatini qisqartirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.