Zaynutdinov Ismoil Samariddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyati joriy moliyaviy aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1795.
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aksiyadorlik jamiyatlari joriy moliyaviy aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
debitorlik qarzlarini boshqarish samaradorligini oshirishda buyurtmalarni hisobga olish tizimini hamda mablag‘larni sarflamaslik o‘rniga, mablag‘lardan foydalanmaslik tufayli o‘tkazib yuborilishi mumkin bo‘lgan foydani alohida e’tiborga olishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
don mahsulotlari ishlab chiqaruvchi aksiyadorlik kompaniyalarida reversiv faktoring operatsiyalari asosidagi debitorlik qarzlarini qisqarish orqali joriy aktivlar aylanuvchanligini va moliyaviy ekspluatatsion ehtiyojlarni qisqarish negizida rentabellikni oshirish imkoniyati asoslangan;
likvidlikning barqaror zaxirasi sifatida pul mablag‘lari qiymati, aktivlar aylanish tezligi va debitorlik qarzlarini qaytarish davri kabi sifat parametrlarini oshirishni e’tiborga olgan holda «Navoiydonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati joriy aktivlari tarkibida pul mablag‘lari va debitorlik qarzlarining o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari pul mablag‘larini boshqarishda kassa qoldiqlarini optimallashtirish orqali foydaning o‘sish zaxiralarini yaratish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar moliyaviy natijalarini boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida:
debitorlik qarzlarini boshqarish samaradorligini oshirishda buyurtmalarni hisobga olish tizimini hamda mablag‘larni sarflamaslik o‘rniga, mablag‘lardan foydalanmaslik tufayli o‘tkazib yuborilishi mumkin bo‘lgan foydani alohida e’tiborga olish taklifi «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarining o‘rta muddatli iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2021 yil 15 oktyabrdagi 14-1-23/619-1438-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Navoiydonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida 2020 yilda debitorlik qarzlarining joriy aktivlardagi ulushi 2020 yilda 16,5 %ga pasaygan, muomala fondlarining joriy aktivlardagi ulushi pasayishi joriy aktivlar aylanish va rentabelligini o‘sishiga olib kelgan;
don mahsulotlari ishlab chiqaruvchi aksiyadorlik jamiyatlarida reversiv faktoring operatsiyalari asosidagi debitorlik qarzlarini qisqarish orqali joriy aktivlar aylanuvchanligini va moliyaviy ekspluatatsion ehtiyojlarni qisqarish negizida rentabellikni oshirish taklifi «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarini o‘rta muddatli iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2021 yil 15 oktyabrdagi 14-1-23/619-1438-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Navoiydonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida 2020 yilda debitorlik qarzlarining joriy aktivlardagi ulushi debitorlik qarzlarining tushumga nisbati koeffisienti 0,13ga pasayib, joriy aktivlar tarkibidagi muomala fondlari hisobiga kapitalning immobilizatsiyasi koeffisienti 0,14ga pasaygan hamda joriy aktivlarning asosan real ishlab chiqarish fondlarida to‘planishi ta’minlagan;
«Navoiydonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati joriy moliyaviy aktivlari tarkibida pul mablag‘lari va debitorlik qarzlarining o‘rta muddatli prognozi chegaraviy mezonlari «Navoiydonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida o‘rta muddatli istiqbol reja-prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2021 yil 15 oktyabrdagi 14-1-23/619-1438-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida istiqbolda, jumladan debitorlik qarzlarini qaytarish davri va likvidlikning barqaror zaxirasi sifatida pul mablag‘lari qiymati, aktivlar aylanish tezligining ortishi va uning rentabelligining o‘sishi hamda muomala fondlarining joriy aktivlardagi ulushi pasayishiga xizmat qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari pul mablag‘larini boshqarishda kassa qoldiklarini optimallashtirishning zamonaviy uslubiyotini joriy etish orqali foydani o‘sish zaxiralarini yaratish taklifi «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarini o‘rta muddatli iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2021 yil 15 oktyabrdagi 14-1-23/619-1438-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida «Navoiydonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida 2020 yilda likvidlilikning barqaror zaxirasi sifatida pul mablag‘lari qiymati 105163 mln. so‘mga oshgan, pul mablag‘lari va uning ekvivalentlari 10367,2 mln. so‘mga oshib borgishi ta’minlangan.