Safaeva Shoxida Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta Osiyo florasiga oid Ferula Assafetida L. jigarning safro ajratish faoliyatiga ta’sirini o‘rganish », 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1366.
Ilmiy rahbar: Raxmanov Alisher Xudayberdievich,tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Zufarov Pulat Saatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Aminov Saloxiddin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli o‘tkir toksik gepatit modellarida jigar funksional xolatiga sassiq kavrak qatroni va Legalonning spesifik faolligi va farmakologik ta’sirini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sassiq kovrak qatroni tajribada eksperimental qo‘llanganda tetraxlorometan, geliotrin va paratsetamol yordamida chaqirilgan o‘tkir toksik gepatit kechishi xususiyatlari bilan orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
Sassiq kovrak qatronining safro ajralishini va uning kimyoviy tarkibini rag‘batlantirish xususiyati aniqlangan;
o‘tkir toksik gepatitda Sassiq kovrak qatroni bilan eksperimental davolash yot moddalarning biotransformatsiyasiga yaqqol tiklovchi ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
ilk bor o‘tkir jigar shikastlanishining turli xil modellarida sassiq kovrak qatroni lipidlarni peroksidli oksidlanish jarayonlarini susaytirishi, sitoliz va xolestaz holatlarini, shuningdek jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalar farmakodinamikasini buzilishini bartaraf qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksperimental izlanishlarda sassiq kovrak qatroni samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
Ferula assafoetida qatroni faolligini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Sassiq kovrak qatronining gepatoprotektor faolligini eksperimental asoslash" uslubiy tavsiyasinoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2021 yil 31 avgustdagi 8p-z/287 xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maxalliy o‘simlik manbalarining qo‘llanilishi, ular orasidan jigar shikastlanishlariga qarshi xususiyatlarini rag‘batlantiruvchi, samaradorligi yuqori bo‘lgan vositalarni aniqlash imkonini bergan;
Ferula Assafetida L. jigarning safro ajratish faoliyatiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi, Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasi klinik amaliyotiga tadbiq etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 08-09/4438-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi maxalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan gepatobiliar tizim patologiyalarini davolash uchun yangi preparatni yaratish istiqbollarini ochib, kelajakda kasallik kechishini turg‘unlashtirish, bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini qisqartirishi, nogironlikni kamaytirish va ularning xayot sifatini yaxshilanishiga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish