Shadmanova Nargis Kurbanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Arterial gipertenziyada immunometabolik ko‘rsatkichlarning istiqbolli qiymati», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1594.
Ilmiy rahbar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatatgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiet instituti.DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Polevshhikov Aleksandr Vital`evich, biologiya fanlari doktori, professor; Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diagnostika usullarini optimallashtirish va arterial gipertenziya asoratlarining oldini olish uchun qon bosimini tartibga solishda immuno-metabolik ko‘rsatkichlarning diagnostik va prognostik ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arterial gipertenziyaning xavf omillari aniqlanib komorbid holatga bog‘liq ravishda arterial gipertenziyada uglevodlar va lipidlar metobolizmini o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarni kasallikning og‘irlik darajasini belgilovchi me’zonlar va bemorlarni immunometabolik o‘zgarishlar asosida boshqarish taktikasi isbotlangan;
arterial gipertenziyada to‘g‘ri davo usulini tanlashda yordam berish va kasllikni oldini olish qaratilgan immunometabolik chora tadbirlar samaradorligi asoslangan;
yuqoridagilarning barchasi arterial gipertenziyada asoratlanish moliyaviy sarf xarajatlarni kamaytirishi va bemorlar xayot sifatini oshirishiga xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlar qonida immun-biokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
arterial gipertenziya tashxisoti va asoratlarni oldini olish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Arterial gipertenziya tashxisoti va asoratlarni oldini olishda immuno-biokimyoviy ko‘rsatkichlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 avgustdagi 8N-r/754-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kasallikni erta tashxislash, shuning hisobiga bemorlarda moliyaviy xarajatlar miqdori  kamaytirish imkonini bergan;
arterial gipertenziya asoratlarni oldini olish va bemorlarni boshqarish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida «Arterial gipertenziya asoratlarni oldini olish va bemorlarni boshqarish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 avgustdagi 8N-r/755-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari kasallikni davolash tezligi keskin oshishi va  bemorlarda moliyaviy xarajatlar kamaytirish imkonini bergan;
arterial gipertenziya tashxisoti va bemorlarni boshqarishga qaratilgan ilmiy ish natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro shahridagi 4-son va 10-son Oilaviy poliklinikalari faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 oktyabrdagi 8N-d/380-son ma’lumotnomasi). Natijada kasallikni tashxisoti aniqligi va tezligi keskin oshdi, kasallik profilaktikasi natijasida bemorlarni davolashga sarflanadigan moliyaviy xarajatlar miqdorini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish