Islamova Dildora Nigmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda immunogenetik buzilishlar, yallig‘lanish markerlari va yurak qon-tomir tizimi holatining xususiyatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib465.
Ilmiy rahbar: Alyavi Baxrom Anisxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xolmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Mullabaeva Guzal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ankilozlovchi spondiloartrit (AS) bilan kasallangan bemorlarda immunogenetik o‘zgarishlar va kardiovaskulyar kasalliklar rivojlanishida xavf omillarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar kasalliklar rivojlanishida xavf omillarining prognostik ahamiyati ustunligi asoslangan;
kasallik avj olishi va og‘ir kechishining erta klinik-immunologik va yallig‘lanish prediktorlari aniqlangan;
NLV-27 geni molekulyar-genetik determinantlarining ankilozlovchi spondiloartritni erta tashxislashdagi roli isbotlangan;
kardiovaskulyar xavf omillari va uyqu arteriyalarining remodellashuvi ankilozlovchi spondiloartritda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining markerlari sifatida asoslangan;
qon tomirlar remodellashuvi va noxush immun-genetik markerlarni hisobga olgan holda ankilozlovchi spondiloartritda kardiovaskulyar xavfni erta aniqlash va prognozlashga yondashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda uning rivojlanishini erta aniqlash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavfni erta tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ankilozlovchi spondiloartritni erta tashxislash va prognozlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 8-d/269-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ankilozlovchi spondiloartrit bilan xasta bemorlarda kasallik rivojlanishini erta aniqlash uning kechishini prognozlash imkonini bergan;
ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavfni erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent shahar 1-son shahar klinik shifoxonasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 yanvardagi 08-09/842-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavfni erta tashxislash imkonini bergan.