Abduraxmonov Farxod Raxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalari qo‘shma jarohatlarini ozon va lazeroterapiya bilan kompleks davolash», 14.00.21–Stomatologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1725.
Ilmiy rahbar: Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand  davlat tibbiyot tibbiyot   instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Ksembaev Said Sal`menovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Yuldoshev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Janubiy-Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi belgilandi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalari qo‘shma jarohatlarini kompleks davolashda ozon va yuqori intensiv lazer nurlarini qo‘llash bilan davolash samaradorligini oshirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz-jag‘ sohasidagi yumshoq to‘qimalarning jarohatlanishini infraqizil termometriya yordamida baholash yiringli asoratlarini oldindan aniqlash imkonini berishi asoslangan;
yuz-jag‘ sohasidagi yumshoq to‘qimalarining jarohatlarini ozon bilan davolash samaradorligi jarohatning bitish jarayonida shishlarning kamayishi, jarohat atrofi chandiqlarining silliqlanishi, og‘riqning keskin kamayishi, yuz mushaklarning harakatchatligini tiklash kabi klinik belgilar bilan asoslangan;
yuz-jag‘ sohasidagi yumshoq to‘qimalari qo‘shma jarohatlarini mahalliy va infuzion ozonoterapiya hamda yuqori intensiv lazer nurlanishi bilan kompleks davolash jarohatning asoratsiz bitishi 1,5 va 1,8 barobarga qisqarishi asoslangan;
taklif etilgan ozon va yuqori intensiv lazer nurlanishi bilan birgalikda qo‘llash bemorlarda ikkilamchi chandiqlarni davolashdagi yuzning chaynash va yuz mushaklarini tiklashdagi samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalari qo‘shma jarohatlarini ozon va lazeroterapiya bo‘yicha tadqiqotning natijalari asosida
ozonning tibbiy-biologik xususiyatlari va uning turli sohalarda xususan yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalarining qo‘shma jarohatlarini davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Ozonning tibbiy-biologik xususiyatlari va uning turli sohalarda xususan yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalarining qo‘shma jarohatlarini davolashda ishlatilishi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 8n-r/572-son ma`lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalari qo‘shma jarohatlarining asoratlarni paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash va davolashga imkon bergan.
lazerning o‘ziga xos xususiyatlari, uning stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligida qo‘llanilishi ishlab chiqilgan “Lazerning o‘ziga xos xususiyatlari, uning stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligida qo‘llanilishi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 8n-r/572-son ma`lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalari qo‘shma jarohatlaridan keyingi asoratlarni davolash usulini  takomillashtirish va bemorlar reabilitatsiyasi sifatini oshirishga imkonini bergan.
yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalari qo‘shma jarohatlarini ozon va lazeroterapiya bilan davolash bo‘yicha tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga, Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialining amaliy faoliyatiga kiritildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 iyundagi 8n-r/215-son ma`lumotnomasi). Joriy etilgan natijalar yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalarining jarohatlari bo‘lgan bemorlarini davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish