Bayjanov Tirkeshbay Jumadurdievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpog‘iston maktablarida turkman tilini kompetensiyaviy ëndashuv asosida o‘qitishning pedagogik tizimi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (turkman tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped882.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Gaylieva Og‘ulbay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablarida turkman tilini kompetensiyaviy yondashuv asosida samarali tatbiq qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
turkman tilida ta’lim oluvchi o‘quvchilarning shaxsiy  kompetensiyalari zamonaviy usulda tashkil etiladigan o‘quv va amaliy vaziyatlar (o‘rgatish, ishontirish, shakllantirish) mohiyatini ochib bervuchi didaktik imkoniyatlarni sinektik adaptiv qo‘llash hamda kompleks rivojlantirish orqali takomillashtirilgan; 
pedagogik paradigmalar logolingvistik integratsiyani vizual organayzerlar orqali turkman tilini o‘qitishda nostandart tafakkur tarzini shakllantiruvchi refleksiv usullarni modifikatsiyalash orqali takomillashtirilgan;  
turkman tili darsliklardagi o‘quv materiallari ustida ishlashga qo‘yiladigan talablar kompetensiyaviy yondashuvni tashkil etishning mantiqiylik, integrativlik, innovatsion tamoyilini, kasbiy kompetensiyalar tizimini rivojlantiruvchi  metodik ta’minotni induktiv joriy etish orqali ishlab chiqilgan;
shaxsning motivatsion-irodaviy xususiyatlari mul`timediali hamda illyustratsiyali intensiv usullar va lingvodidaktik prinsiplarga bog‘liqligi aniqlanib, ma’naviy-axloqiy layoqat bilan maqbul integrallashuv identivligi  asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston  maktablarida turkman tilini kompetensiyaviy yondashuv asosda o‘qitishning pedagogik tizimiga doir tadqiqot natijalari asosida: 
shaxsning motivatsion-irodaviy xususiyatlari mul`timediali, illyustratsiyali intensiv usullar va lingvodidaktik prinsiplar xalqaro baholash dasturlariga bog‘liqligi, ma’naviy-axloqiy layoqat bilan maqbul integrallashuvi identivligini, turkman tili darslarining samaradorligini oshirish va ularni baholashga oid pedagogik taklif va tavsiyalar 5-6 sinflarning «Turkman tili» va  5, 6, 7 sinflarning «Adabiyot» darsliklari mazmuniga singdirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 01-01/1-2992-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur darsliklar Qoraqalpog‘iston maktablarida turkman tili va adabiyotidan o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashiga, turkman tiliga oid tegishli kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
turkman tilida ta’lim oluvchi o‘quvchilarning shaxsiy  kompetensiyalari zamonaviy usulda tashkil etiladigan o‘quv va amaliy vaziyatlar (o‘rgatish, ishontirish, shakllantirish) mohiyatini ochib beruvchi didaktik imkoniyatlarni sinektik adaptiv qo‘llash, kompleks rivojlantirishga oida tavsiyalar 11 sinf «Turkman tili» darsliklarining mazmuniga singdirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi respublika o‘quv-metodika markazining 2020 yil 28 oktyabrdagi JK-73-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur darslik o‘quvchilarning turkman tiliga oid lingvistik, kommunikativ va nutqiy  kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
pedagogik paradigmalar sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar negizida shaxsining rivojlanishiga ta’sir etuvchi innovatsion yondashuvga muvofiq logolingvistik integratsiyasini vizual organayzerlar orqali modifikatsiyalash, kompetensiyaviy yondashuvni tashkil etishning mantiqiylik, integrativlik, innovatsion tamoyilini kasbiy kompetensiyalar tizimiga innovatsion yondashuvga muvofiq induktiv joriy etishga oid pedagogik takliflar O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan XT-F2-011-raqamli «Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslarini kompleks tadqiq etish va konsepsiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 10 oktyabrdagi 01-02/2-2-174-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyiha doirasida o‘qitishning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan yondashuv Qoraqalpog‘iston maktablarida turkman tilini o‘qitish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish