Saidova Muhayyoxon Tulkinovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuksiz chigitni aniq ekadigan pnevmatik ekish apparatini takomillashtirish va uning parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1996.
Ilmiy rahbar: Alimova Feruza Abdukadirovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamajanov Sultonali Islomalievich texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos tuksiz chigitni uyalab aniq ekadigan pnevmatik ekish apparatini takomillashtirish va uning parametrlarini asoslash orqali urug‘lik, mehnat sarfi va boshqa xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuksiz chigitni uyalab aniq ekadigan pnevmatik ekish apparatining konstruktiv sxemasi g‘uj aniq uya hosil bo‘lishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
ekish diski so‘ruvchi uyalarining parametrlari urug‘larning talab darajasidagi so‘rilish va ularni umumiy massadan olib chiqilishini ta’minlashi lozimligini hisobga olgan holda asoslangan;
ekish apparatining o‘rnatish balandligi urug‘larning ekish diskidan ajralgandan so‘ng uchish masofasini hisobga olgan holda aniqlangan;
tuksiz chigitni uyalab aniq ekadigan pnevmatik ekish apparati ekish diskining maqbul parametrlari uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuksiz chigitni aniq ekadigan pnevmatik ekish apparatini takomillashtirish va uning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuksiz chigitni uyalab aniq ekadigan pnevmatik ekish apparatining konstruksiyasini loyihalash va ishlab chiqarish uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 02/023-4559-son ma’lumotnomasi). Natijada tuksiz chigitni uyalab aniq ekadigan takomillashtirilgan pnevmatik ekish apparatining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
yangi ishlab chiqilgan ekish diski bilan jihozlangan pnevmatik seyalkaning tajriba nusxasi Yangiyo‘l tumanidagi “Qovunchi Valijon Agro Fayz” va “Shamshodbek-Ravshanbek” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 09 sentyabrdagi 02/023-3677-son ma’lumotnomasi). Joriy qilinish natijasida chigit urug‘larini uyalab ekadigan pnevmatik ekish apparati bilan jixozlangan seyalkani qo‘llashda mavjud seyalkalarga nisbatan urug‘lik sarfini 1,1-1,4 martagacha va boshqa harajatlarni 1,1-1,3 martagacha kamayishi va ish unumini 1,2 martagacha oshishi ta’minlangan.
pnevmatik seyalkaning ekish apparatini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 09 sentyabrdagi 02/023-3677-son ma’lumotnomasi). Natijada tuksiz chigitni uyalab aniq ekadigan takomillashtirilgan pnevmatik ekish apparatining sanoat nusxasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.